O'zbekiston orografiyasi va relefining asosiy xususiyatlari Reja: O'zbekiston orografiyasi va relefining asosiy xususiyatlari Teksliklar relefi. Oqchadaryo deltasi Tog' oldi va tog'liklar relefi. Asosiy relef turlari O'zbekiston orografiyasi va relefining asosiy xususiyatlari O'zbekiston hududi yer yuzasining tuzilishiga ko'ra ikki qismga bo'linadi: tog'oldi-tog'lar va tekisliklar. Tog' oldi va tog'larga Respublika sharqi va janubi-sharqidagi tog' tizmalari, tog' oldi qiya tekisliklari hamda tog' orlig'idagi botiqlar, tekisliklarga esa pasttekisliklar, denudatsion tekisliklar va platolar kiradi. Respublikamizning sharqiy va janubi-sharqiy qismini Tyanshan va Oloy tizmalarining tarmoqlari, g'arbiy va shimoli-g'arbiy qismini Turon tekisligining markaziy qismi egallagan. O'zbekiston umumiy maydonining 78,7 % ini tekisliklar, 21,3 % ini tog'lar tashkil etadi, mamlakatning eng past nuqtasi Mingbuloq botig'i bo'lsa (-12 m), eng baland nuqtasi Hisor tog'ining Qoldirg'a tizmasidagi Hazrati Sulton cho'qqisidir (4643 m). O'zbekistonning yer yuzasi asosan sharq va janubi-sharqdan g'arb va shimoli- g'arb tomon pasayib boradi. Shu sababdan ham daryolar shu tomonga oqadi. Tekisliklar yaxlit bo'lib Amudaryoning quyi va o'rta oqimi, Sirdaryoning o'rta oqimi, Zarafshonning o'rta va quyi oqimi atrofidagi erlarni ishg'ol etgan. O'zbekistonning shimoli-g'arbida Ustyurt platosi atrofidagi tekisliklardan tik ko'tarilgan chinklar bilan ajralib turadi. O'zbekistonning eng past yerlari Orolning qurigan qismi, Amudaryoning deltasi, Qizilqumning shimoli-g'arbiy qismlari bo'lib, bularning okean sathidan o'rtacha balandligi 30-100 m. Sultonuvays, Bo'kantog', Quljuqtog', Tomditog'lar O'zbekiston tekislik qismining eng baland (900 m.gacha) qismilaridir. O'zbekistonning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini egallagan tog' tizmalari Qorjontog', Ugam, Piskom, Chotqol, Farg'ona, Qurama, Nurota, Morguzar, Turkiston, Hisor-Zarafshon tizmalari G'arbiy hamda Janubiy Tyanshan va Oloy tog' sistemalarining tarmoqlari bo'lib, ularning o'rtacha balandligi 200-2500 metrni tashkil etadi. Ayrim cho'qqilarning balandligi esa 4500 m.dan ham oshadi. Bu tog' tizmalarini Toshkent-Mirzacho'l, Farg'ona, Samarqand, Sangzor, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi tog' oralig'i va tog' oldi botiqlari bir-biridan ajratib turadi. Geografik nomlar: Tyanshan, Oloy tizma, Hazrati Sulton, Sultonuvays, Bo'kantog', Quljuqtog', Tomditog', Morguzar, Toshkent-Mirzacho'l, Sangzor. Teksliklar relefi. O'zbekistonning g'arbiy tekislik qismi relefining xususiyatiga ko'ra Ustyurt platosi, Qizilqum va ular orasida joylashgan Orol-Sariqamish soyligiga bo'linadi. Ustyurt-to'lqinsimon baland tekislik (plato). Uning maydoni (O'zbekistonda) 40 ming km2, yer yuzasining mutlaq balandligi qirlarida 160-250 metrni, ular orasidagi qum va sho'rxoklar bilan band pastliklarda 50-80 metrni tashkil etadi. Eng baland nuqtasi Qorabovur qirlarida 292 metrga etadi. Ustyurtning chekkalari tik jarliklar «chink» lar bilan tugaydi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktosh, mergel va gillaridan iborat gorizontal qatlamlar hosil qilgan yotqiziqlardan tuzilgan. Bu yotqiziqlar ochilib qolib, emirilib tik yonbag'irlar hosil qilgan. Chinklar Ustyurt platosining tabiiy chegarasi hisoblanadi. Orol dengizi g'arbiy qirg'og'i bo'ylab cho'zilgan sharqiy chinkning mutlaq balandligi 180-200 m. Chinkning kengligi bir necha yuz metrdan 1,5 km. gacha boradi. Ustyurt ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: docx