O'zbekiston o'simliklari

O'zbekiston o'simliklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston o'simliklari Reja: O'zbekiston o'simlik olami va ularning turlari. O'simlik resurslari va ularni himoyalash. O'simlik turlari Yuqolib borayotgan o'simliklar O'zbekiston hududining kattaligi, tabiiy sharoitining xamma qismida bir xil emasligi, uning o'simlik qoplamiga ham ta'sir etgan. Tabiiy geografik sharoitga bog'liq holda o'simlik turlari jumhuriyat tekislik cho'l qismidan uning tog' qismi tomon o'zgarib boradi. O'zbekiston hududining ko'pchilik qismidagi tabiiy sharoitning o'simliklar o'sishi uchun noqulay bo'lishiga qaramay (yozi issiq, quruq, seroftob, qishi nisbatan sovuq) o'simliklarning 120 oilaga mansub bo'lgan 3700 turi mavjud. Vaholanki, Qrim yarim orolida 200, Uzoq Sharqda 1966, Oltoyda esa 1787 o'simlik turi bor. O'zbekiston hududida o'simliklar uning geomorfologik tuzilishiga bog'liq holda quyidan yuqoriga ko'tarilgan sari o'zgarib boradi. Biz jumhuriyat o'simliklarning balandlik mintaqa bo'yicha o'zgarishini K. 3. Zokirov taqdim etgan quyidagi mintaqalanish bo'yicha beramiz: cho'l, adir, tog' va yaylov. Har bir balandlik mintaqa o'simligi o'sha hudud geomorfologik tuzilishiga, iqlimiy xususiyatlariga, tuproq qoplamiga bog'lik holda sharoitga moslashgandir. Agar jumhuriyat tog'li qismida o'simlik qoplami relefga tog' yonbag'rining qiyaligiga, quyoshga nisbatan holatiga, tog' jinsiga va boshqalar borliq holda joylashsa, tekislik qismida eng avvalo tuproqning mexanik tarkibiga, qay darajada sho'rlashganligiga, yer osti suviga, iqlimiga bog'liq holda joylashadi. Cho'l mintaqasi. Bu mintaqa O'zbekistonning tekisligiyaing 400-500 m. balandlikkacha bo'lgan qismini o'z ichiga oladi va jumhuriyat yer maydoniniig 70% ni ishg'ol qiladi. Cho'l mintaqasiga O'zbekistonning Qizilqum, Qarshi, Mirzacho'l kabi cho'llari, Markaziy Farg'ona, Ustyurt, Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va Quyi Surxondaryo kabi regionlari kiradi. Cho'l mintaqasining yozi quruq, jazirama, seroftob, yog'inga nisbatan mumkin bo'lgan bug'lanish ko'p, qishi esa shu geografik kenglikda joylashgan O'rta dengiz atrofidagi mamlakatlarga nisbatan sovuq. Bu mintaqada yog'in miqdori kam bo'lb, uning g'arbiy qismida 80-100 mm, sharqida 250-300 mm, tog' oldi qismlarida esa 300-350 mm. ga yetadi. Aksincha, mumkin bo'lgan bug'lanish g'arbida 100-200 mm, qolgan qismlarida 100 mm atrofida. Buning ustiga asosiy yog'in bahor, qishga to'g'ri kelib, jazirama yozda deyarli yog'in tushmaydi. Shu sababli cho'l mintaqasidagi o'simliklar uzoq davom etgan quruq va jazirama yozga moslashgan bo'lib, tanaei go'shtli, bargi sertuk, ildizi uzun. Cho'l mintaqasida namgarchilik yetarli bo'lgan bahor faslida efemer (bir yillik o'tlar) va efemeroidlar (ko'p yillik o'tlar) o'sadi. Bu davrda cho'l yashil rang tusini oladi. Bu o'simlik turlarining ildizlari qisqa (5-20 sm. chuqurlikkacha boradi) bo'lganligi tufayli yer osti suvlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ular bahorda sernam bo'lgan davrda barq urib o'sib, yozgi jazirama issiq va quruq kunlar boshlanishi bilan qurib qoladi. Bunday o'simlik turlariga arpog'on, lolaqizg'aldoq, taroqbosh, qo'shoyoq, qoramoshoq, isfarak, chitir, kabi efemerlar, kovrak, iloq kabi efemeroidlar kiradi. Efemer va efemeroidlar mart, aprel ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga