8-sinf geografiya darsligi asosida 30-mavzu: OZIQ-OVQAT SANOATI 11-dars mavzusidan oziq-ovqat sanoatining yalpi sanoat mahsulotidagi salmog'ini aniqlang. Bu sanoat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash negizida shakllangan. Uning korxonalari geografik joylashuvini qayta ishlanadigan xom ashyo xususiyati belgilaydi. Xomashyo tez buziluvchan va qayta ishlan-ganda chiqindi ko'p chiqadigan hamda olis masofaga tashishga chidamsiz bo'lgan holatlarda korxona xomashyo yetishtiradigan joyda joylashtiriladi (sabzavot, go'sht, konservalar, shakar ishlab chiqarish, meva sharbatlari tayyorlash). Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalari yuksak mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish tarmog'iga aylangan. O'tmishda faqat xomashyoga, ya'ni qishloq xo'jaligigagina bog'liq bo'lgan bu sanoat hozirda mashinasozlik, energetika va kimyo tarmoqlari bilan chambarchas bog'langan. Demak, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyo xarajatidan tashqari turli mashina mexanizmlari va yoqilg'i xarajatlari hissasi tobora ortib bormoqda. Masalan, bug'doy oz mablag' evaziga yetishtirilsa-da, un tortish va non tayyorlash jarayonidagi (mashina mexanizmlarga, yoqilg'i-energetikaga) sarf-xarajatlar bois, tayyor non bahosi o'zgarmasligi va hatto qimmatlashishi mumkin. Un-yorma sanoati korxonalarida bug'doy qayta ishlanadi. Bug'doyni ta shish un tashishdan birmuncha qulay. Ammo bug'doy yetishtiriladigan maydonlar iste'molchilar yashaydigan joy bilan deyarli yonma-yon joy-lashgani tufayli bug'doyni qayta ishlaydigan korxona (elevator)lar bug'doy yetish tirilayotgan joyda ham, yirik shaharlarda ham uchraydi. O'zbekiston o'simlik moyi ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar sirasiga kiradi. O'simlik moyi bizda, asosan, paxta tozalash zavodlarida ajratib olingan chigitdan olinadi (67-rasm). Endi yog'-moy ishlab chiqaradigan korxonalarning geografik joylashuviga e'tibor qarataylik. Bu korxonalarning barchasi, avvalo, xomashyoga yaqin joyda, qolaversa, aholi zich hududlarda joylashganini ko'ramiz. Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmog'i go'sht korxonalari-dir. Hozirda transportning tezligi va maxsus muzlatkichlar go'shtning sifatini buzmay uzoq masofaga tashish imkonini bermoqda. Shuning uchun go'sht mahsuloti ko'p iste'mol qilinadigan Toshkent, Andijon, Namangan, Farg'ona, Ohangaron kabi shaharlarda go'sht kombinatlari ishlamoqda. Non zavodlari, makaron, qandolat fabrikalari kabi korxonalar yirik aholi punktlarida joylashtiriladi (68-rasm). Yaqin vaqtlargacha Samarqanddagi choy qadoqlash fabrikasi nafaqat mamlakatimizda, balki butun O'rta Osiyoda shu turdagi yagona fabrika edi. Endilikda choy Toshkentda ham qadoqlanmoqda. Ma'lumki, o'rta osiyoliklar-ning asosiy qismi ko'k choy iste'mol qiladi. Shunga ko'ra, bu yerda qadoq-lanayotgan choyning 80 foizini ko'k choy tashkil etadi. Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoroda mineral suv tayyorlab idishlarga quyadigan maxsus zavodlar bor. Urgutda tamaki-fermentatsiya zavodi ishga tushirilgan. Shunday qilib, oziq-ovqat sanoatining rivojlantirilishi va joylashti-rilishi: a) aholining soni va joylashishi, ya'ni iste'molchilar bilan; b) qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi, ya'ni xomashyo manbayi bilan; d) tayyor mahsulotni tashish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Xomashyoning xilma-xilligi va oziq-ovqat mahsulotlarining hamma yerda iste'mol qilinishi oziq-ovqat sanoatining hamma joyda tarqalishiga imkon beradi. Oziq-ovqat sanoati ana shu xususiyati bilan boshqa tarmoqlardan farq qiladi. Lekin bu sanoat ba'zi joylarda faqat mahalliy ehtiyojlarnigina qondir-sa, boshqa joylarda mamlakatning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.71 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.71 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: ppt