O'zbekiston oziq ovqat sanoati geografiyasi

O'zbekiston oziq ovqat sanoati geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston oziq ovqat sanoati geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonNING OZIQ-OVQAT SANOATI GEOGRAFIYASI REJA: 1.Mamlakat iqtisodiyotida oziq-ovqat sanoatining mavqei. 2.Oziq-ovqat sanoat korxonalarining xuudiy joylashuvi 3.Oziq-ovqat sanoatining asosiy xom Ashe bazalari 4.Mustaqillik yillarida qurilgan va qurilayotgan qo'shma korxonalar 5.Oziq-ovqat sanoati bilan bog'liq bo'lgan ekologik muammolar. Respublika an'analariga boy xalq xo'jaligida muhim mavqeni egallaydigan zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Bu sanoat asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Respublika umumiy sanoat mahsuloti hajmining 8.1 %, oziq-ovqat sanoati hissasiga to'g'ri keladi. (2005-200 yillarda 11.8%) . Oziq-ovqat sanoati korxonalarida band bo'lgan sanoat xodimlari soni 99.3 ming kishi (1993;1980 yilda 72.3 ming kishi). Respublika oziq-ovqat sanoati asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mamlakat umumiy sanoat mahsulotining 8.1 % oziq-ovqat sanoati hissasiga to'g'ri keladi. Tarmoq tarkibida go'sht-sut, yog'-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva sabzavot konservalari, qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqov bosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Ko'pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go'sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, O'zoziqovqatsanoat davlat aksionerlik konserni (1993 yil 5-may, 1994 yil 26-sentabrdan Oziq-ovqatsanoat uyushmalari), O'zgo'shtsanoat davlat aksionerlik uyushmasi (1993 yil 6-aprel), O'zdonmahsulot davlat konserni (1992 yil 6-fevral, 1994 yil 22-apreldan davlat aksionerlik korporasiyasi), O'zmevasabzavotuzumsanoat davlat korparativ konserni (1991 yil, 1994 yil 28 noyabrdan davlat-aksionerlik uyushmasi), O'zbaliq davlat korparativ (1991 yil, 1994 yildan O'zbaliqdavlat aksionerlik korporasiyasi) tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi vazirligi tarkibidagi «O'zparrandasanoat Respublika ICHB (1964 yil), O'zbekbirlashuv tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Korxonalarda yangi zamonaviy texnologiyalar va uskunalar o'rnatilmoqda. Aholi ehtiyojlarini Respublikaning o'zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari ko'rilmoqda. Chunki Respublika eksportida oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi eng ko'p bo'lib kelmoqda, ya'ni 1995 yilda umumiy import hajmining 18.2% ni tashkil qilgan bo'lsa, 2005 yilga kelib 7% ni oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Tarmoqda 3646 korxonalar faoliyat ko'rsatadi. Ularning 99.5% nodavlat sektori, 0.5 % davlat sektoriga to'g'ri keladi. Go'sht sanoati -oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, 1930 yillarga qadar O'zbekiston aholisini go'sht bilan va tarqoq qassobxona va qushxonalar ta'minlab kelgan. Ot go'shtidan qazi, qoramol, qo'y go'shtidan uzoq muddat saqlanadigan qurutilgan, qovurilgan go'sht mahsulotlari tayyorlangan. 1905 yilda Toshkentda Orifxo'ja Azizxo'jayev Turkiston o'lkasida birinchi zavod tipidagi qushxonaga asos solgan. 1929 yilda bu qushxona negizida Toshkent go'sht kombinati tashkil etildi. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida va yirik shaharlarida muzxonalar mavjud. Respublika go'sht sanoatida Germaniya va Turkiya firmalari bilan hamkorlikda suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlarini tayyorlash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 541.77 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 541.77 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga