O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari

O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbeksiton Respublikasi aholisi va mehnat resurslari Reja: 1. O'zbekiston aholisini soni va uni hududiy joylashuvi. 2. Urbanizatsiya darajasi. 3. Aholining tabiiy va mexanik harakati 4. Respublika aholisining tarkibi. 5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Aholi asosiy moddiy in'omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste'mol qiluvchi hamdir. Darhaqiqat aholi bilan ishlab chiqarish boshdan oyoq chambarchas bog'liq. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo'lgan aholini o'rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e'tibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq xo'jaligini hududiy tashkil qilish va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o'sish, migratsiya va urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va aholining bandligi kabi ko'rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi aholi soniga ko'ra dunyodagi o'rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2006 yil ma'lumoti bo'yicha 26,3 mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko'pligi jihatidan MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o'rinda turadi. Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi. Aholining o'sishi tarixiy-an'anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega. Uzoq va yaqin o'tmishda O'zbekiston murakkab tarixiy yo'lni bosib o'tdiki, bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, XIX asrning o'rtalaridan boshlab jiddiy o'zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyaning Turkiston hududini istilo qilishi natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko'payish darajasi, joylashuv xususiyatlari o'zgardi. Lekin aholi to'g'risida bu davrga oid aniq ma'lumotlar yo'q va bu borada tadqiqotchilar har xil fikr bildirishgan. Hozirgi O'zbekiston hududi aholisi to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar 1865 yilga tegishli bo'lib, o'sha davrda 3320 ming kishi yashagan (O.Otamirzayev, I.Mullajonov). Turkiston hududida aholini ro'yxatga olish birinchi bor 1897 yilda o'tkazilgan 1-Umumrossiya aholi ro'yxati davrida olingan. Biroq, ushbu ro'yxat ham to'liq emas edi. Chunki bu ro'yxat Buxoro va Xiva xonliklari hududlarini chetlab o'tgandi. O'zbekiston Respublikasi aholi sonining o'zgarishi. Mustamlakachilik siyosatining natijasi tufayli o'lkamizga ko'plab harbiylarning oilalari ko'chirib keltirildi, yangi qishloqlar, shaharchalar, shaharlarimiz yonida esa yangi shaharlar paydo bo'ldi (Yangi Buxoro, Yangi Marg'ilon). XIX asrning so'nggi 35 yili davomida O'zbekiston hududiga Rossiyadan 70-75 ming kishi, XX asrning dastlabki 18 yilida esa 229,2 ming kishi ko'chib keldi. 1926-1939yillarda 650 ming kishi ko'chib kelganligi ma'lum (bu jarayon sobiq Ittifoq parchalanishi arafasigacha davom etgan edi). Lekin shunga qaramay 1865-1900 yillarda aholining mutloq soni 3,3 mln.dan 4,0 mln.ga yetdi yoki yiliga o'rtacha 0,6 foizga ko'paydi, xolos. XX asrning 1-choragida ham aholi o'sishida sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi. Uning mutloq soni atigi 242 ming kishiga, o'rtacha yillik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.06 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.06 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga