O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida Rossiya, Yevropa va Amerika omili

O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida Rossiya, Yevropa va Amerika omili

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida Rossiya, Yevropa va Amerika omili - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida Rossiya, Yevropava Amerika omili Reja: O'zbekiston-Rossiya hamkorlik munosabatlari. O'zbekiston va YevropaIttifoqi munosabatlarining geosiyosiy jihatlari. O'zbekiston bilan AQSH o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida xalqaro munosabatlarda muhim rol o'ynovchi Rossiya, AQSH va YevropaIttifoqi bilan hamkorlik munosabatlari alohida etibor talab etadi. Aynan ana shu siyosiy birliklar jahon siyosatini belgilashda ham muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Rossiya bilan Ittifoqchilik shartnomasi imzolagan bo'lgsa, AQSH bilan strategik sheriklik va hamkorlik shartnomasini imzolagan. YevropaIttifoqi bilan esa 1996 yilda keng miqyosdagi hamkorlikni ko'zda tutuvchi Sheriklik va hamkorlik bitimini tuzgan. Bundan tashqari YevropaIttifoqi va mamlakatimiz o'rtasida 20 ga yaqin boshqa turdagi shartnomalar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlar ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham madaniy sohalarda rivojlanib bormoqda. Chunonchi 2001 yilga kelib, YevropaIttifoqi va Respublikamiz o'rtasidagi savdo aylanmasi 1 mlrd. 57 mln. AQSH dollarini tashkil etdi1. Bularning barchasi YevropaIttifoqining O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida alohida o'rin tutishidan darak beradi. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik xususida gapirganda, avvalo, 2005 yilning kuzida imzolangan Ittifoqchilik shartnomasini qayd etish lozim. Bu hujjat har ikki mamlakat uchun keng siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradi. Ittifoqchilik shartnomasi deganda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning eng yaqinlashgan shakli tushuniladi. xalqaro munosabatlarning bu shakli strategik sherikchilikdan ham yaqin hamkorlik munosabatlaridir. Keyingi 15 yildagi o'zaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak O'zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o'rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1991 yildan 2006 yilga qadar ikki davlat rahbarlari muntazam uchrashib, muzoqaralar olib borishmoqda va Rossiya O'zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo'lib qolmoqda. Markaziy Osiyodagi strategik vaziyat Yevroosiyoda muvozanatni ta'minlash borasida muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda O'zbekistonning oltin, uran, energiya xom ashyolariga boyligi; Xitoy, xristian (rus pravoslav va g'arb katolik) va islom madaniyatlari kesishgan joydaligi; Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlarga ham salbiy, ham ijobiy manoda qo'shni ekanligi; mintaqa siyosatiga hamda shundan kelib chiqqan holda, jahon siyosatiga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardir. Tashqi omillar mohiyatini anglash uchun Sovuq urush davrini o'rganish joiz. Zero, bu hol O'zbekiston Respublikasining bugungi kundagi geosiyosiy holatiga to'liq baho berishda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasiga jahon va mintaqaga tutash davlatlar siyosatining tub mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga ko'mak beradi. Sovuq urush davrida geosiyosiy dualizm o'zining yuqori cho'qqisiga etdi. Bu davrda AQSH va sobiq Sovetlar davlati talassokratiya va tellurokratiyani ifoda etgan holda o'zaro geosiyosiy kurash olib bordilar. O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko'tarilishi ikkala mamlakat uchun ham hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlarini beradi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, ushbu hamkorlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga