O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlari

O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlari - rasmi

Material tavsifi

Uzbekistan Respublikasi milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibi va iqtisodiy rayonlari Iqtisodiy geografik tadqikotlar ikki tarkib, yani tarmoqlar tarkibi bilan hududiy tarkibning uyg'unlashuvini, biridan-ikkinchisiga o'tgan holda taxdil qilishni nazarda tutadi. Bu esa, mehnat taqsimotining ijtimoiy va hududiy shakllari bilan bog'liq. Umuman olganda, hududiy tarkib, hududiy tizim, hududiy birikma yoki majmua iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tayanch iboralari hisoblanadi. Tizim-tarkib nuqtai nazardan har qanday obyekt alohida kiem yoki bo'laklardan, yani tarkibdan tashkil topadi, bu qismlar esa uning butligi va butunligini ta'minlaydi. Shu o'rinda tarkibning xam o'ziga xos tizim ekanligi, biroq kuyi darajadagi tizimligi, uning am yana tarkibchalardan iboratligini unutmaslik lozim. Hududiy tarkib turlicha bo'ladi. Masalan, O'zbekiston iqtisodiyotini geografik tomonlar - shimol, janub, g'arb va sharq miqyosida yoki havza prinsipi asosida (Amudaryo va Sirdaryo havzalari) taxdil qilish mumkin. Shuningdek, uni geomorfologik va tabiiy-xo'jalik rayonlar jihatdan tekislik va tog - tog'oldi hududlari bo'yicha, cho'l, voxa va vodiylar miqyosida xam kursa bo'ladi. Demak, ko'rinib turibdiki, tarkib, yani yaxlit tizimning uzviy kiemn gorizontal holatda xam turlicha bo'lar ekan. Biroq, iqtisodiyotni boshqarish, statistik ma'lumotlarni to'plash va taxdil qilish jihatidan ma'muriy tarkib ancha afzalliklarga ega. Shuning uchun xam ma'muriy birliklarning to'g'ri tashkil etilganligi, ulariing barqaror va o'zgarmasligi katta amaliy ahamiyatga ega. Hususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni to'laqonli amalga oshirish, uni boshqarish va monitoringini olib borish, bu borada konsepsiya, strategiya va bashoratlarni ishlab chiqish viloyat miqyosida qulaydir. Aynan ularni mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya fanlari nuqtai nazaridan shartli ravishda, eng avvalo, bu nomdagi an'anaviy tabiiy geografik tushunchadan farq qiluvchi mintaqa sifatida qabul qilish mumkin. Qolaversa, Respublikaning mintaqaviy siyosati ham ko'proq shu doirada olib boriladi. O'zbekiston ning asosiy ma'muriy birliklari maydoni va demografik salohiyati bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Bu yerda geografik qonuniyat shundan iboratki, viloyat maydoni qancha katta bo'lsa, demak bnlingki, odatda, bunday joylarning tabiiy sharoiti xo'jalik yuritish uchun uncha kulay emas. Mamlakatimizning eng yirik mintaqasi -Qoraqalpogiston Respublikasining maydoni eng kichik hududni egallagan Sirdaryo yoki Andijon viloyatidan 38,7 marta katta. Xuddi shunday, Navoiy viloyati ham juda keng maydonni (1 P.O ming kv km yoki Respublika hududining % kismi) egallaydi, uchinchi o'rinda yana bir cho'llik mintaqa -Buxoro viloyati turadi. aholi soni bo'yicha farq uncha katta emas, atigi 4,4 martaga barobar yoki, boshqacha qilib aytganda, O'zbekistonda aholi soniga ko'ra eng yirik Samarkand viloyati (3412,8 ming kishi) eng kichik - Sirdaryo viloyatidan (757,1 ming kishi) shunchalik darajada katta. Bu jihatdan ikkinchi o'rinda Farg'ona, uchinchi o'rinda Qashkadaryo viloyatlari turadi. Shuningdek, Andijon, Toshkent viloyatlarining ham demografik sigimi ancha yuqori; Respublika poytaxti - Toshkent shahrida 01.01.2014-yilda 2351,8 ming ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.38 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga