O'zbekiston Respublikasida nomoddiy ishlab chiqarishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati Reja: 1.Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi iqtisodiy geografiyaning o'rganish obyekti ekanligi; 2.Uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi; 3.Savdo va umumiy ovqatlanish sohasi; 4.Aholi maishiy xizmat ko'rsatish sohasi; 5.Aholiga ijtimoiy-madaniy-ma'rifiy xizmat ko'rsatish; 6.Sog'liqni saqlash sohasi; Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya taraqqiyotidagi muhim xususiyatlaridan biri bu fanni o'rganadigan obyektlarini kengayib borishidir. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida nomoddiy ishlab chiqarish (xizmat doirasi) iqtisodiy geografiyani o'rganishning asosiy obyektlaridan biri bo'lib qoldi. Bu sohani o'rganishda asosiy maqsad xizmat doirasini nomoddiy ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismi bo'lganligidan ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lgan aholining anchagina qismi shu tarmoq bilan bog'lanadi va nihoyat xizmat doirasi moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi va aholi turmush sharoitini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun xalq moddiy va madaniy turmush darajasining o'sib borishi bilan nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari hamda unga band bo'lgan xodimlar soni tinmay ortib boraveradi. Agar O'zbekistonda 1926 yilda shu tarmoqlarga band bo'lgan aholining bor yo'g'i 6% i ishlagan bo'lsa, 1990 yilga kelib bu ko'rsatkich 26% ni tashkil qildi, ya'ni bu tarmoqda ishlovchilarning soni 4 baravariga ko'paydi. Xuddi shu davrda moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo'lganlar soni kamayib 94% dan 74,1 % ga tushib qoldi. Bu raqamlar Respublikada moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini o'smaganligi yoki kam o'sganligini ko'rsatmaydi albatta aksincha jamiyat taraqqiyoti uning boyligi avvalo moddiy ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. O'zbekistonda ham moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yuqori sur'atlar bilan rivojlandi. Mahsulot ishlab chiqarish ko'p marta oshdi. Bunday rivojlanish ayniqsa mehnat unumdorliini oshishi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish, yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish evaziga sodir bo'lmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush darajasining yuqori bo'lishi xilma-xil xizmat ko'rsatish sohalariga bo'lgan talab oshdi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuksak bo'lsa, xizmat doirasiga bo'lgan talab uni rivojlantirish imkoniyati shuncha yuqori bo'ladi. Demak xizmat doirasiga qo'yidagilar kiradi. Uy-joylardagi kommunal xizmat, aholiga transport xizmati, savdo va umumiy ovqatlanish, ijtimoiy ta'minot xizmati, bolalar muassasalari va umumiy ta'lim maktablari, tibbiy xizmat, maishiy xizmat, aholining madaniy ehtiyojini qondirish, aholi xavfsizligi va qonunchilikni saqlash, sport turizm xizmati va xokazo. Xizmat doirasidagi ana shu tarmoqlar jamiyatning ijtimoiy infratuzilmasi majmuini tashkil qiladi. Xizmat doirasi geografiyasini taqiq qilishda tarmoq qismi (xizmat doirasi ayrim tarmoqlari geografiyasi); barcha xizmat doirasini yaxlit majmui mintaqaviy o'rganish, alohida ahamiyat kasb etadi. Xizmat doirasining ayrim tarmoqlari o'rganilganda ham ularni birgalikda tadqiq qilganda ham qo'yidagi ikkita yo'nalish ko'zga tashlanadi. 1.Aholini xizmat doirasiga bo'lgan talabidagi farqlarni qiyosiy-geografik o'rganish va xizmat ko'rsatishning haqiqiy darajasini aniqlash; 2.Xizmat doirasini hududiy tashkil qilish, Xizmat doirasi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: doc