O'zbekiston Respublikasida tibbiy geografik masalalar Inson salomatligi jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun kechiktirib bo'lmaydigan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zero, har qanday mamlakatning rivojlanganlik holati mazkur hududda yashovchi aholining salomatlik va savodhonlik darajasi bilan belgilanadi. Aynan shu ikki ko'rsatkich davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va inson salomatligini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ifodalaydi. Ma'lumki, mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida xalq salomatligi va uni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, 2005 yilning «Sixat-salomatlik yili» deb e'lon qilinishi natijasida aholi salomatligini yaxshilash, jamiyatda sog'lom turmush tarzi va aholi salomatligiga yangicha yondashish va shu bilan birga vazirliklar, idoralar, xalqaro tashkilotlar, mulkchilik shakli turlicha bo'lgan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatda sog'liqni saqlash tizimini axborotlashtirish, zamonaviy texnika va jihozlar ta'minotini takomillashtirish vazifalari yuklatildi. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tishi davridagi asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda demografik omillarga, shuningdek aholi salomatligiga ustuvor ahamiyat bergan. «Xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga doir chora-tadbirlar tizimida sog'liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida o'rin tutishini hammamiz yaxshi tushunamiz. O'tgan davr mobaynida yurtimizda aholining o'rtacha umr ko'rish darajasi ham sezilarli ravishda ortganini mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Bu boradagi umumiy ko'rsatkich 1990 yilda 67 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2006 yilda 72,5 yoshni tashkil qildi. Jumladan, erkaklar o'rtasidagi o'rtacha umr ko'rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o'rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga uzayganini odamlarning salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitlarini yaxshilanib borayotganligining aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o'rinli bo'ladi»( deb yozadi I.A.Karimov. Keyingi yillarda mamlakatimizda ona va bola salomatligiga, yosh avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda uning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilashga katta e'tibor qaratilmoqda. Masalan, bugungi kunda mamlakatimizda yurtimiz kelajagini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama tarbiyalash borasida «Sog'lom avlod uchun» hamda aholi salomatligini yaxshilash va ekologik muhit musaffoligini muhofaza qilishga qaratilgan «Ekosan», shuningdek, «Ibn Sino» xalqaro jamg'armalari faoliyat olib bormoqda. Ularning bosh maqsadi xalqimiz salomatligini himoyalashga qaratilgan davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etilishini ta'minlash, Ibn Sino va zamonaviy tibbiyot ilm-fani asosida sharq tabobatini yanada rivojlantirishdan iboratdir. Mustaqillik davrida Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalarini tibbiyot sohasida ham yaqqol ko'rish mumkin. Prezident I.A.Karimov «Agar 1991 yilda onalar o'limi bilan bog'liq ko'rsatkich har 100 ming nafar ayolga nisbatan 65 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda bu raqam 24 taga tushdi, go'daklar o'limi esa ilgari 100 nafar chaqaloqqa 35 tadan to'g'ri kelgan bo'lsa, hozirgi kunda 14,5 taga tushdi. Shunisi e'tiborliqi, bugun O'zbekistonda chechak, ich terlama, kuydirgi, o'lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi»(. Bundan ko'rinib turibdiki, sog'liqni saqlash tizimida onalar va bolalar salomatligini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: doc