O'zbekiston Respublikasining geostrategiyasida Xitoy va Tinch okeani mintaqasi omili

O'zbekiston Respublikasining geostrategiyasida Xitoy va Tinch okeani mintaqasi omili

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasining geostrategiyasida Xitoy va Tinch okeani mintaqasi omili - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining geostrategiyasida Xitoy va Tinch okeani mintaqasi omili Reja: O'zbekiston - Xitoy munosabatlari O'zbekiston Yaponiya munosabatlari O'zbekistonning Tinch okeani mintaqasining boshqa davlatlari bilan munosabatlari O'zbekiston tashqi siyosatida Xitoy bilan o'zaro munosabat alohida o'rin tutadi. Xitoy bilan hamkorlik qilish iqtisodiy rivojlanishda, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda, globallashuv jarayoni chuqurlashayotgan va turli siyosiy o'zgarishlar davri bo'lgan hozirgi sharoitda xalqaro siyosat maydonidan munosib o'rin egallashda katta ahamiyat kasb etadi. Xitoy xalqaro muammolarni yechishda tobora faol qatnashayotgan, dunyoda e'tirof etilgan «Xitoy modeli» tufayli yalpi ichki mahsuloti bir necha yildan buyon 78 foiz miqdorda barqaror o'sib kelayotgan yetakchi mamlakatlar qatorida turadi. O'zbekiston Xitoy bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Zero tashqi dunyo bilan aloqalarni keng ko'lamda rivojlantirish yo'lidan borayotgan mamlakatimiz o'z mintaqasida xavfsizlikning asosiy tayanchi vazifasini o'tayotgani, uning siyosiy nufuzi va iqtisodiy salohiyati xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda. Xalqlarimiz qadimdan Buyuk Ipak yo'li orqali bir-biri bilan aloqa qilib, fan va madaniyatini boyitib, tajriba almashib kelgan. Xitoyliklar ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, xususan, uzum va beda yetishtirishni O'rta Osiyo xalqlaridan o'rgangan. Bu yerda esa Chin yurtining ipakchiligi va eritish texnikasi o'zlashtirilgan. O'zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish Buyuk Ipak yo'li orqali o'rnatilgan va ravnaq topgan tarixiy aloqalarni tiklash va hozirgi zamonaviy hamkorlikni kengaytirish nuqtai nazaridan ham dolzarbdir. Ikki mamlakat davlat rahbarlari o'rtasidagi o'zaro hurmat va ishonch, munosabatlarimizning huquqiy poydevori mustahkamligi buning uchun qulay zamin yaratadi. Shiddat bilan o'zgarayotgan bugunga siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy vaziyat nafaqat O'zbekiston va Xitoy kabi yaqin qo'shni davlatlar, balki butun dunyo mamlakatlarining hamjihatlikda ish olti borishini taqozo etmoqda. Globallashuv jarayoni ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni hamda transport va kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirishni, terrorchilik, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar va qurol-yarog' kontrabandasining, ommaviy qirg'in qurollari tarqalishining oldini olishni, siyosiy aloqalarini yanada rivojlantirishni talab qilmokda. Mana shu masalalarning o'ziyoq O'zbekiston-Xitoy munosabatlarida hamkorlik uchun keng faoliyat maydoni mavjudligini ko'rsatadi. Eng muhimi, aloqalarni rivojlantirishdan, bir-birini qo'llab-quvvatlashdan ikki mamlakat ham birdek manfaatdordir. xalqaro munosabatlarning ushbu shakli davlatimiz tashqi siyosatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. U uchinchi tomonning ishtirokisiz, ikki tomonlama teng huquqli va o'zaro foydali aloqalarni o'rnatish, saqlash, chuqurlashtirish hamda rivojlantirish imkonini beradi. O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'zaro aloqalar tarixi va rivoji o'zaro hamkorlikka yetarli darajada poydevor qo'yilganidan guvohlik beradi. Buni quyidagi omillar misolida ko'rib chiqish mumkin. Xitoyning xalqaro va mintaqaviy muammolarini hal etishdagi ta'siri kuchayib bormoqda. Bu ayniqsa Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash masalalarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekiston Respublikasi bilan, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan jug'rofiy yaqinligini qisobga olgan holda, Xitoy bilan qamkorlik diniy ekstremizm, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga