O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik o'rni va tashkil topishi

O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik o'rni va tashkil topishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik o'rni va tashkil topishi - rasmi

Material tavsifi

О'zbekiston respublikasining iqtisodiy geografik о'rni va tashkil topishi Reja: О'zbekiston Respublikasining tashkil topishi. О'zbekiston Respublikasi hududining kattaligi va chegaralari. Mustaqil davlat sifatida rivojlanishi. О'zbekiston Markaziy Osiyoning о'rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli - sharqda Qirg'iziston, shimoliy va shimoliy - g'arbda Qozog'iston Respublikalari, janubi - g'arbda Turkmaniston, janubi - sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. О'zbekistonning eng shimoliy chekka nuqtasi shimoli - sharqda - Ustyurt platosida Orol dengizining g'arbiy sohilida (45036 shimoliy kenglik), eng janubiy nuqtasi - Surxondaryo viloyatida Termiz shahri yonida (37011 shimoliy kenglik), g'arbiy nuqtasi - Ustyurt platosida (560 sharqiy uzunlik), sharqiy nuqtasi - Farg'ona vodiysining janubiy - sharqida, Qirg'iziston Respublikasi bilan chegara joyda (330 10 sharqiy uzunlik). Shimoliy va janubiy chekka nuqtalar orasidagi masofa 925 km, g'arbiy va sharqiy nuqtalar orasi - 1400 km. О'zbekiston tarixiy solnomasida 1991 yilning 1 sentabri munosib о'rin egallaydi. 1 sentabr Respublikani mustaqilliki e'lon qilingan kun. О'zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 ming kv.km. Respublika xududi janubiy - sharqdan, shimoliy - g'arbga chо'zilgan va yer yuzasi ham shu yо'nalishda yirik daryolar oqimiga mos pasayib boradi. Mamlakatning shimoliy - g'arbiy chekkasida Ustyurt bilan Qizilqum oralig'ida Orol dengizi joylashgan Respublika maydonining qariyib 45 qismi tekislik, oz qismi tog', adir va tog' oldidan iborat. О'zbekiston xududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari - Amudaryo va Sirdaryo oqib о'tib, Orol dengiziga qо'yiladi. Bu ikki azim daryo orasidagi xudud Turon pasttekisligi deb ataladi. Bu tekislikning kо'p qismi Qizilqumdan iborat, ba'zi joylarda qirlar uchraydi. Respublikaning sharqi va janubiy - sharqiy qismida Tyan - shan, Oloy, Turkiston. Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona - Zarafshon, Kitob - Shahrisabz, Surxon - Sherobod, Chirchiq - Ohangaron kabi katta chukmalar - vodiylar joylashgan.Vodiylar sug'oriladigan yerlar bо'lib, aholining asosiy qismi shu yerlarda yashaydi. Tog'larning chо'qqilari muzliklar, doimiy qor qatlamlari bilan qoplangan. Respublikaning g'arbiy va shimoliy - g'arbiy qismiga borgan sari ulkan tog'lar pasayib, tog' yon bag'ri tekisliklari gо'zal xushmanzara vodiylarga aylanadi. Sо'ng vodiylar tugab, asta - sekin chо'llar, poyonsiz qumliklar boshlanadi. Har qanday xududiy birlikning iqtisodiy - geografik о'rni xususiyatlari avvalo qayerda joylashganligi bilan bog'liqdir. Ma'lumki О'zbekiston Yevrosiyo qit'asi (materigi) ning deyarli qoq markazida va Dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash nohiyalarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, О'zbekistonning mavjud makro geografik о'rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari kо'p jihatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qо'shnichilik xususiyatlaridan (qanday davlatlar, iqtisodiy nohiyalar, dunyo davlatlarining mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi, ularning bir - birlariga iqtisodiy ta'sir etish imkoniyatlari) kelib chiqadi. Joylardan, davlatlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga