O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi

O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi. Darsning texnologik xaritasi Dars jarayoni va texnologiyasi Darsning maqsadi: a) Ta'limiy maqsad: Balandliklar shkalasidan foydalanib, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan mamlakatimiz hududining yer sathi tuzilishini o'rganish; b) Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatni asrash, o'simliklar va hayvonlarni asrash kerakligini tushuntirish; tashkiliy qism: a) Salomlashish b) O'quvchilarning davomatini aniqlash; c) O'quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish Darsning turi: Yangi bilim beruvchi Darsning usuli: Interfaol metodlar Darsning jihozi: Bahromov A. Tabiatshunoslik. T.: Sharq. 2013. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik 39-42 - bet. Darsga oid ko'rgazmalar, tarqatma materiallar. Darsning blok - sxemasi: 1. O'tgan mavzuni so'rash 2. Mavzu haqida tushuncha 3.Mustahkamlash 4. Klaster metodi 5. Test metodi 6. O'quvchilarni baholash, dars yakuni Tayanch tushunchalar: Tabiiy xarita, pasttekisliklar, g'arb, sharq, qo'riqxonalar, xaritadagi shartli belgilar. Darsning borishi: O'tgan mavzuni mustahkamlash: O'tilgan mavzu og'zaki savol-javob metodi orqali mustahkamlanadi. 1. Yer yuzidagi quruqliklar asosan nechta yirik quruqlikka bo'linadi? 2. Yirik quruqliklar qanday nomlanadi? 3. Yer yuzida nechta okean bor? 4. Okeanlar nomlarini sanab ayting. 5. Okeanlarning o'rtacha chuqurligi necha ming metr atrofida bo'ladi? 6. Tog' tizmasi deb nimaga aytiladi? 7. Tinch okeanining eng chuqur joyi qanday nomlanadi va u necha metrni tashkil qiladi? 8. Materiklar nomlarini ayting. Yangi mavzuning bayoni: O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida turli shartli belgilar keltirilgan. Xaritadagi balandlik shkalasi yordamida o'lkamiz hududining yer sathi tuzilishini aniqlash mumkin. Tabiiy xaritada mamlakatimiz hududining g'arbiy qismi asosan yashil rangda tasvirlangan. Bu joylar balandligi dengiz sathidan 200 m gachadir. Xaritada tasvirlangan sariq joylarni sharq tomondan pushti rangda ifodalangan joylar o'rab turadi. Balandlik shkalasidan bilish mumkinki, pushti rangda tasvirlangan bu joy dengiz sathidan 500m dan 100 m gacha balandlikda bo'lgan yassi tog'lari tashkil etadi. Qir va yassi tog'lar ham pasttekislikdan baland bo'ladi. Qir va yassi tog'larda ham katta joyni egallagan tep-tekis yerlar mavjud. Mamlakatimizdagi shahar va qishlaoqlar, ekin maydonlari asosan qir va yassi tog'larda joylashgan. O'zbekiston Resbublikasining tabiiy xaritasida katta daryo, kanal, ko'l va suv omborlari ham tasvirlangan. Xaritadagi shartli belgilar yordamida o'lkamiz hududidagi qo'riqxonalar nomlarini, ularning joylashgan o'rnini ham bilib olish mumkin. O'zbekiston Resbublikasida tashkil etilgan qo'riqxonalar Yangi mavzuni mustahkamlash Testlar: 1. Dengiz sathidan 500 m dan 100 m gacha balanlikda bo'lgan joylar qanday nomlanadi? a. Tog' b. Yassi tog' c. Tekislik d. Qir 2. O'lkamiz adirlari dengiz sathidan necha metr balandlikda joylashgan? a. 500-100 metr b. 100-1500 metr c. 200-2500 metr d. 400-600 metr 3. O'zbekiston Respublikasida nechta qo'riqxona tashkil etilgan? a. 10 ta b. 8 ta c. 7 ta d. 9 ta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 150.69 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 150.69 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga