O'zbekiston Respublikasining yer fondi - yer kadastrining obyekti sifatida Respublikamiz yer fondi yer kadastri bilan uzviy bog'liqdir. Chunki aynan yer kadastri mamlakatimiz hamma yer maydonlarida yagona uslubiyat asosida o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasida yer - davlat mulki, umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat yerning asosiy egasi sifatida yer fondiga egalik qilish va undan to'g'ri foydalanishni ham tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat yer kadastri hisoblanadi. Demak, mamlakatning yagona yer fondi-yer kadastrining obyekti hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo'linadi: 1) qishloq xo'jaligi yerlari - qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun yoki shu maqsadlarga mo'ljallangan yerlar; 2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari), shahar va poselka va qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallangan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallangan yerlar; 5) tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan yerlar; 6) o'rmon fondi yerlari; 7) suv fondi yerlari; 8) zahira yerlar. Qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu sohaga mo'ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlarida faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo'jalik yo'llari, kommunikatsiyalar, o'rmonlar, berk suv xavzalari, binolar va inshootlar, aholi yashash joylari bilan band bo'lgan erlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, ko'p yillik darxtzorlar (Bog'zor, tokzor va tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va bo'z yerlar qishloq xo'jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish maqsadlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish kooperativlariga (shirkatlarga), boshqa qishloq xo'jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish, dehqon xo'jaligini, xususiy bog'dorchilik, jamoa bog'dorchiligi va uzumchiligi uchun Respublika fuqarolariga, yordamchi qishloq xo'jaligini yuritish uchun qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanmaydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Qishloq xo'jaligi erlarini irrigatsiyalash va suvdan foydalanish tizimiga asoslangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va erlardan foydalanish jarayonida tuproq unumdorligini oshirishning shartidir. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan va sug'orishni ta'minlay oladigan sug'orish manbaasi bilan bog'langan doimiy yoki muvaqqat sug'orish tarmog'iga ega bo'lgan yerlar sug'oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Sug'oriladigan yerlar davlat organlari tomonidan maxsus muhofaza qilinadi, ularni sug'orilmaydigan yerlar sarasiga o'tkazish alohida hollarda, tuproq - meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda erlarning suv bilan ta'minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va ularga belgilangan me'yorlashni etiborga olib viloyat hokimliklari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar erlariga kiradi. Shahar va posyolkalar yerlari tarkibiga shahar qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq hujaligida foydalaniladigan yerlar, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.71 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.71 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: doc