O'zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini geografik o'rganish tarixi

O'zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini geografik o'rganish tarixi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini geografik o'rganish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Tabiati va tabiiy boyliklarini geografik o'rganish tarixi Reja: 1. O'zbekiston tabiati 2. Tabiiy boyliklar 3. O'zbekiston tabiiy resurslarning geografik joylashuvi O'zbekiston Turkistonning markaziy qismi bo'lib, bu yerda madaniy hayot juda erta boshlangan. Shu tufayli u ibtidoiy odam yashagan manzilgohlarga boy bo'lgan ko'hna mamlakatlardan biridir. Uning go'zal tabiati, unumdor vodiy va adirlari, ajoyib manzarali tog'lari, qulay iqlimi, yer-suv boyliklari juda qa-dimdan mahalliy va xorijiy kishilarni o'ziga rom etgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston hududida paleolit (miloddan avvalgi 400-1200 yillargacha), mezolit (miloddan avvalgi 1200-500 yillar) va neolit (miloddan oldin-gi 500-300 yillar) davrlariga oid qadimiy odamlar yashagan makonlarning Surxondaryoda (Teshiktosh), Farg'ona vodiysida (Isfayramsoy, Xo'jabaqirg'onsoy, Sho'rko'l), Zarafshon vodiysida (Omonqo'ton, Cho'lpon ota), Chirchiq-Ohangaron vodiysida (Xo'jakent, Obirahmat) va Quyi Amudaryoda ko'plab uchratish mumkin. O'zbekiston hududida miloddan avvalgi 500-300 yillardayoq (neolit davrida) ibtidoiy odamlar ovchilik, chorvachilik va hatto sug'orma dehqonchilik bilan ham shug'ullanganlar, sodda bo'lsada sug'orish inshootlari (to'g'on, ariq, hovuz) qura boshlaganlar. Bularning hammasi o'sha davrda O'zbekiston hududida yashagan ajdodlarimiz atrof muhit tabiati haqida malum darajada bilimga ega bo'lgashshgidan dalolat beradi. Binobarin, ular sug'orish, sug'orish inshootlarini qurish uchun eng avvalo joylarning tabiiy sharoitlari (relefi, iqlimi, yer-suv sharoiti) ha-qida malum darajada bilimga ega bo'lganlar. Ibtidoiy jamiyatda O'zbekiston hududida sug'orma dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashib borishidan tashqari yana har xil qurilishlar, zeb-ziynat uchun tog' jinslaridan ham foydalana boshlaganlar. Bu esa ibtidoiy odamlarning atrof muhit tabiiy sirlarini bilish doirasini yanada kengayishiga, hatto tog' jinslaridan o'zlari uchun zarur bo'lgan madanlarni (oltin, kumush, qo'rg'oshin, mis, qalay) ajratib olish imkoniyatiga ham ega bo'lganlar. O'zbekiston hududida aniq davrda kishilik jamiyatining rivojlanib borishi o'z navbatida geografik tayuavvurlarning ta-komillashishiga sabab bo'ladi. Bu davrga kelib jumhuriyatimiz (Hududida davlat birlashmalari - So'g'diyona (Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida), Xorazm (Quyi Amudaryoda), Baqtriya (Surxondaryo havzasida) vujudga keladi. Natijada sug'orish inshoot-larini ko'rish ishlari yanada kengayadi, qishloq va shaharlar bunyod etiladi, chorvachshgak va hunarmandchshshk taraqqiy etadi, oqibat-da insonning tabiatga ta'sir doirasi kengayib, yashab turgan joy tabiat unsurlari (yer usti tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproq-o'simligi) haqidagi geografik bilimlari yanada takomillashib boradi. Buni o'sha davrlarda O'zbekiston hududida kurilgan to'g'onlar, ariqlar, korizlar, hovuzlar, qazib olingan kon qoldiklari, Afrosiyob kabi ko'hna shahar xarobalari to'la tasdiqlaydi. Lekin miloddan oldingi asrlarda O'zbekiston hududi tabiati, xalqlari va xo'jaligi haqidagi geografik ma'lumotlar deyarli saqlanmagan, ular chet el bosqinchilari (eronlar, yunonlar) tomonidan yo'q qshgangan. Shu sababli antik davrdagi O'zbekiston hududi tabiati (tog'lari, vodiylari, daryolari va boshq.), aholisi va xo'jaligi haqidagi sodda va yuzaki geografik ma'lumotlar yunon olimi Gerodotning «Tarix» asarida uchraydi.Unda Movarounnahr tabiati, xususan relefi, daryo va (Ko'llari, aholisi haqida qisqa ma'lumotlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.14 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.14 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga