O'zbekiston tabiatini muxofaza qilish

O'zbekiston tabiatini muxofaza qilish

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston tabiatini muxofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston tabiatini muhofaza qilish Reja: 1. O'zbekistonni geografik joylanishi 2. O'zbekistonda ekologik muammolarni vujudga kelish sabablari va omillari. 3. Orol va Orolbo'yi muammolar 4. Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash 5. Aholini sog'ligi O'zbekiston O'rta Osiyoning markazida , Yevrosiyo materigining ichki kontinental qismida joylashgan. O'zbekiston O'rta Oisyo davlatlarining hammasi va janubiy Osiyo davlatlaridan Afg'oniston Bilan chegaradosh Tabiiy geografik jihatdan O'zbeistonning katta qismi Turon past tekisligida, sharqiy va janubiy qismi tog' va tog' vodiylaridan iborat. O'zbekistonning shimoliy qismi ochiq , shuning uchun shimoldan kelayotgan sovuq havo massalari bemalol kirib kela oladi. Hind okeanidan keladigan iliq havo massalarini janubdagi tog'lar to'sib qoladi. O'zbekistonning iqtisodiy geografik o'rni O'rta Osiyo davlatlari ichida eng qulay , chunki u bu davlatlarining hammasi bilan chegaralanadi, hamda asosiy transport yo'llari O'zbekiston orqali o'tadi. Ammo, Dune miqyosida qaraydigan bo'lsak O'zbekistonni iqtisodiy geografik joylashishi juda noqulay. Chunki u okeanlardan va asosiy xalqaro transport yo'llari juda uzoqda joylashgan. O'zbekistonda ekologik muammolarni vujudga kelish sabablari va omillari -1960 yillardan etiboran tabiiy resurslardan ekstensiv harakatda keng miqyosda foydalanishning kuchayishi , suv va havo havzalarining ifloslanishi, boyliklarni qashshoqlanib borishi salbiy hodisalar O'zbekistonda ko'plab ekologik muammolarni tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi. Avvaliga ekologik muammolar ayrim resurslar (komponentlar ) bilan bog'liq holdarivojlangan bo'lsa, 80 yillar boshlab hududiy muammolarga aylana bordi. Ekologik muammolarni tarkib toptiruvchi va xarakterga keltiruvchi asosiy omillarhavo va suvning ifloslanishi, tuproqning degradatsiyalashuvi, o'simliklarning mahsuldorligini keskin darajada kamayib borishi, eroziya, sho'rlanish zol qum shakllarini vujudga keligshi va boshqalar hisoblanadi. Eng muhimi aholi , aholi orasida turli kasalliklarni tarqalishi, yosh go'daklarning o'lim koeffitsentini ortib borishi, umuman aholi orasida o'lim miqdorining ortishi ekologik vaziyatning tangligini jiddiylashtiradi. Qishloq joylarda ichimlik suvi, sanoat shaharlari va ularning atrofida atmosfera havosi hamda suv havzalarini ifloslanishi ekologik vaziyatni keskinlashuviga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Daryo suvlarining sifatini buzilishi sug'orma erlarda tuproqda tuz to'planishi , kimyoviy ashyolar, og'ir metallar , organik mahsulotlarning yig'ilishiga olib keladi, jiddiylashadi, tuproqdagi kimyoviy ashyolar ekinlarga o'tib, ularning mahsulotlarini zaharlaydi. Chorva mollarining sog'lig'iga putur etkazadi. Bularning barchasi ekologik vaziyatlarni keskinlashtiradi, o'z navbatida malum yo'nalishda soha yoki majmuali muammo tarkib topadi va shakllanish bosqichiga o'tadi. Ekologik muammolarni vujudga kelishi hududning tabiiy sharoiti, resurslardan foydalanish xarakteri, landshaftlarning strukturali-dinamik holati, barqarorligi, tabiiy -antropogen hodisalarning rivojlanish imkoniyatlari va ularni oldini olish tadbirlarini mavjudligi kabi jarayonlar Bilan bovosita bog'liq. B uborada resurslardan foydalanishni boshqarish muhim Amaliy ahamiyatga ega., tabiatdan foydalanishning ilmiy tamoiyillari ishlab chiqarishga qanchalik to'g'ri tadbiq etilgan bo'lsa ekologik muvozanat shunchalik mustahkam barqaror bo'ladi, noxush hodisalarni tarkib topish sabablarini potentsial imkoniyatlari kuchli darajada jilovlangan bo'ladi. Darvoqe, tabiatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.88 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.88 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga