O'zbekiston tabiatining geografik o'rganilishi tarixi Reja; 1.Qadimgi dunyo geografiyasida O'zbekicton hududining o'rganilganligi holati 2.O'zbekiston hududi tabiati haqidagi geografik tasavvurlarning o'rta asrlarda rivojlanishi. 3.O'zbekiston hududi tabiati haqidagi geografik tasavvurlarning XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida rivojlanishi. 4.Geografik tasavvurlarning O'zbekiston hududida mustamlaka davrida rivojlanishi. (1850-1917 yy). O'zbekiston geografiyasining o'rganilishi tarixini bilmay turib, Respublika geografiyasining asosiy mazmunini, konstruktiv amaliy geografiyaning O'zbekistonga oid muhim regional muammolarini va kelgusida hal qilinishi lozim bo'lgan dolzarb masalalarni tushunib olish qiyin. O'zbekiston mustaqil rivojlanish yo'liga o'tib olganligi mustabid sho'rolar davrida Respublikamizda geografiyaning taraqqiyoti tarixini o'rganishda an'anaviy tus olgan, biroq endilikda davr taqazosi bilan eskirib qolgan ko'plab ilmiy tasavvur, g'oya, nazariya va yondashuvlarni jadallik bilan qayta ko'rib chiqishni taqazo etadi. Eng muhimi shuki, geografiya fani tarixini yoritishdagi sobiq «Yevrotsentrik» yondashuvga barham berib, turli davlatlarda ijod etgan O'zbekistonlik va umuman Sharq sayyoh olimlarining geografik merosini atroflicha hamda chuqur o'rganish, ularni obyektiv baholash lozim. Buni biz O'zbekiston hududining iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy dunyosi tarixi asosida quyidagi bosqichlarga bo'lib o'rganamiz. Qadimgi dunyo geografiyasida O'zbekiston hududining o'rganilganligi holati. O'zbekiston hududi tabiati haqidagi geografik tasavvurlarning o'rta asrlarda rivojlanishi. O'zbekiston hududi tabiati haqidagi geografik tasavvurlarning XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida rivojlanishi. Geografik tasavvurlarning O'zbekiston hududida mustamlaka davrida rivojlanishi. O'zbekistonda geografik tasavvurlarning sho'rolar davrida rivojlanishi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda geografiyaning taraqqiyoti. Qadimgi dunyo geografiyasida O'zbekicton hududining o'rganilganligi holati O'zbekiston hududi tabiiy sharoitining qulayligi juda qadimdan kishilar etiborini o'ziga jalb etgan. Qulay tabiiy sharoit bu yerda bir necha yuz ming yil avval odamlar yashay boshlashiga imkon bergan. O'rta Osiyoda oxirgi topilgan ilk tosh asriga oid makonlarning ochilishi haqli ravishda bu hududni odamzodning ilk ajdodlari paydo bo'lgan mintaqaga kiritish imkonini berdi. Ibtidoiy jamiyat davrida Xorazm, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxandaryo vohalarida yashagan odamlar bu yerlar tabiati haqida muayyan tasavvurga ega bo'lganlar. Ilk geografik tasavvurlar tabiatning yangi boyliklarni izlab topish va o'zlashtirish, tabiiy sharoiti qulay erlarga joylashish, sug'orma dehqonchilik, ov kasbkorligi va chorvachilik vositasida tabiatning ko'zga yaqqol tashlanib turgan oddiy xususiyatlarini bilishga intilishlari munosabati bilan takomillasha borgan. Dastlabki geografik tasavvurlarning rivojlanishida sug'orma dehqonchilak va chorvachilikning vujudga kelishi, qadimgi shahar madaniyati hamda sug'orma dehqonchilik vohalarining shakillanishi muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Afsuski, tarixiy sabablarga ko'ra ilk mahalliy qo'lyozmalar deyarli saqlanib qolmagan. Bu esa o'lkamiz xalqlarining qadimiy geografik tasavvurini mukammal aniqlash va uni ilmiy tahlil qilishga imkon bermaydi. Ular yunon va arab istilolari davrida yo'q qilib yuborilgan. O'rta Osiyo tabiati, xo'jaligi va xalqlari haqidagi ayrim ma'lumotlar saqlanib qolgan ilk yozma manbalardan biri muqaddas kitob «Avesta»dir. U eramizdan oldingi VII - VI asrlarda paydo ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.75 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.75 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:54 ]
Arxiv ichida: docx