8-sinf geografiya darsligi asosida 31-mavzu: Transport geografiyasi Transport yo'lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo'ylab ham, jahon bo'ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o'ynaydi. Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo'lganini tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o'sha vaqtda Yevropabilan Osiyoni bog'lab turuvchi - Buyuk Ipak yo'li aynan bizning mamlakat hududidan o'tganligi alohida o'rin tutadi. O'zbekiston quruqlik (temiryo'l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega. Yuk va yo'lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va hatto to'rt turidan foydalanishga to'g'ri keladi. Aytaylik, xorijiy safarga bormoqchi bo'lsak, temiryo'l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda, so'ngra poyezd yoki samolyotda ko'zlangan manzilga yetamiz. O'zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo'lak) barcha turlaridan keng ko'lamda foydalanilmoqda (70-rasm). Barcha transport turlari xizmat ko'rsatish jarayonining o'zaro aloqa-dorligi asosida transport majmuasini tashkil etadi. Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni, harakat yo'nalishi, vokzal, aerodrom, bekat hamda aloqa vositalari bo'ladi. Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo'yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo'l transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo'ladi. Neft yoki yog'och ortilgan ko'plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? O'sha lokomotivni 2-3 kishigina boshqaradi. Holbuki, 125 tonna yuk ko'taradigan eng katta av-tomobilni ham shuncha kishi boshqaradi. Katta hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti (tanker)da ta-shilganda esa yo'l xarajati yana ham arzon tushadi. Suv transporti boshqa transportlardan sekin harakatlansa-da, olis masofani to'xtovsiz bosib o'tadi. Shu sababli tezligi katta, ammo stansiyalarda to'xtab-to'xtab harakatlana-digan poyezd bilan raqobatlasha oladi. Yukni temiryo'l va suv transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda esa istalgan joyga yetkazib bersa bo'ladi. Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma'lum vaqtda ma'lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi (71-rasm). Transport turlari qan day yuk tashishiga, harakat tezligiga, shuningdek, qan cha yuk ko'tara olishiga ko'ra guruhlanadi. Transport sanoat bilan qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish aloqalarini, turli hududlar o'rtasidagi mahsulot almashinishini hamda tashqi savdoni ta'minlaydi. Yangi hududlarni o'zlashtirishda daf atan transport yo'llari o'tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Transportning mudofaa ahamiyati ham juda katta. Transport iqtsodiyotning ana shunday zaruriy omili bo'lish barobarida unga talay miqdorda elektr, yoqilg'i, metall, yog'och sarflanadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
835.93 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
835.93 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: ppt