7-sinf geografiya darsligi asosida 43-mavzu: O'zbekiston tuproqlari, o'simlik va hayvonot dunyosi O'zbekistonning tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo'lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog'liq holda joylashgan. K. Z. Zokirov tavsiya etgan to'rtta: cho'l, adir, tog' va yaylov mintaqalarining har biri o'ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosiga ega. Cho'l mintaqasi O'zbekiston hududining 70 foizini ishg'ol qiladi. Cho'l tuproqlari xilma-xil bo'lib, unda sur-qo'ng'ir, qumli cho'l, o'tloq-botqoq, taqir va bo'z tuproqlar uchraydi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog'lar va Nurota tog' etaklaridagi toshloq cho'llarda sur-qo'ng'ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3 -1 foiz) bo'ladi. Qizilqum, Markaziy Farg'ona va Mirzacho'ldagi qumli tekisliklarda qumli cho'l tuproqlari tarqalgan bo'lib, chirindi miqdori 0,3 - 0,6 foizni tashkil etadi. Gilli jinslardan tarkib topgan cho'llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo'lgan Mirzacho'l, Markaziy Farg'ona, Qarshi cho'llari va Amudaryo etagida sho'rxok va sho'r tuproqlar tarqalgan. O'zbekistonning yirik daryo vodiylarida o'tloq va botqoq tuproqlari uchraydi. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo'z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o'zgartirib, madaniy bo'z tuproqlarga aylangan. O'simliklari. Cho'l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog'inga nisbatan potensial bug'lanish ko'p bo'lganligi tufayli, o'simliklar shu sharoitga moslashgan. Cho'lda bahorda arpag'on, lola, lolaqizg'aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig'ir, isfarak, iloq, kovrak kabilar o'sadi. Bu o'tlar yozda sarg'ayib, qurib qoladi, qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar esa o'saveradi. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o'suvchi saksovul, selin, juzg'un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq. O'zbekistonning sho'rxok joylarida yulg'un, sho'ra, sho'r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko'z o'ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o'sadi. O'zbekiston cho'l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to'qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo'g'a, kendir, turang'il, tol, jiyda, yulg'un, chakanda (oblepixa) kabi o'simliklar o'sadi. Cho'l hayvonlari. Cho'l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo'lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho'llardagi ba'zi hayvonlar (yumronqoziq, qo'shoyoq, ko'rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan. Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba'zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joylarda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi. Cho'l mintaqasida sutemizuvchilardan cho'l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo'rilar yashaydi. Shuningdek, kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo'shoyoq, ko'rsichqon va tipratikan uchraydi. Cho'llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo'g'ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chiðor ilon, o'qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho'l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo'lib, uzunligi 1,5 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.02 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.02 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: ppt