O'zbekiston tuproqlari

O'zbekiston tuproqlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston tuproqlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston tuproqlari Reja: O'zbekiston tuproqlarining xilma - xilligi Tuproq turlari Buz tuproqlar Jigarrang tuproqlar Yaylovlar va sug'oriladigan yerlar. O'zbekiston tabiat unsurlari xususiyatlarining uning hamma qismida bir xil bo'lmasligi - relefning murakkabligi, tor jinslarining kelib chiqishi va litologik tuzilishining hamda gidrologik sharoitining xilma-xilligi, arid tipli kontinental iqlim va o'simliklarning mavjudligi har xil tuproq turlarining vujudga kelishiga sababchi bo'lgan. O'zbekiston tekislik qismi bilan tog'li qismi orasida xam tabiiy unsurlarning farqi juda katta. Shu sababli tekislik (qismida tuproqning zonallik xususiyati mavjud bo'lib, cho'lga xos tuproq turlari shakllansa, aksincha tog'li qismida balandlik mintaqalanish vujudga kelgan. Jumhuriyatimiz tekislik (qismida ham .qoldik tog'lar, balandliklar, vodiylar, botiqlar mavjud bo'lib, ularda tuproq hosil bo'lish jarayoni bir-biridan farq qiladi. Buning ustiga yilning ko'p qismi issiq, quruq va seroftob bo'lganligidan tuproq hosil bo'lish jarayoni sust bo'ladi. Yoz qurg'oqchil, harorat yuqori bo'lganligidan mumkin bo'lgan bug'lanish yog'inga nisbatan 15-20 martagacha ortiq bo'lib, tuproq tarkibida har xil tuzlar to'planib, tuproq ko'p joyda sho'rlashgan. O'zbekiston hududining yer osti suvlari nisbatan chuqur joylashgan tekisliklarida so'rqo'ng'ir, tog' oldi tekisliklari va adirlarda bo'z, tog'darida jigar rang, qo'ng'ir tog'-o'rmon kabi avtomorf tuproq turlari joylashgan. Aksincha, yer osti suvlari yuza bo'lgan joylarda gidromorfli tuproqlar - o'tloq, botqoq, botqoq-o'tloq kabi tuproq turlari mavjud. Gidromorfli tuproq turlari yana joyning geomorfologik sharoitiga (daryoning;quyi qayirlarida) bog'liq holda tog' oldi tekisliklarida xam uchraydi. O'zbekistonda arid iqlim sharoitida vujudga kelgan sur-ko'ng'ir tusli, taqir, kumli kabi tuproqlarida chirindi miqdori nihoyatda kam bo'lib, tuproqning usti qatlamida 1,0% atrofida mavjud. Bunga asosiy sabab iqlimiy sharoitlarni (yoz issiq, qurg'oqchil bo'lib, uzoq davom etishligi) noqulayligi tufayli o'simliklarning nihoyatda siyrak o'sishidir. O'zbekiston hududida yana sug'oriladigan joylarda madaniy sug'oriladigan tuproqlari turi vujudga kelgan. Chunki kishilar ming yillab tuproqni sug'orib, har xil o'g'itlar solib, ishlov berib tabiiy xususiyatlarini o'zgartirib yuborgan. Bunday tuproq turlariga voha o'tloq, voha botqoq, voxa bo'z kabi tuproqlar kiradi. O'zbekistonning tekislikcho'l qismidagi tuproqlarning o'ziga xos tomonlari shundaki, chirindi miqdori kam bo'lishidan tashqari yuqori karbonatli, sho'rlashgan va ba'zi yerlarida sho'rxoklar; mavjud. Jumhuriyat cho'l qismi tuprog'ining 40% sur-qo'ng'ir tusli tuproqqa, 36% qumlarga, 5,4% takirli tuproqqa, 3,18% qumli cho'l tuproqqa, 3,8% sho'rxokka, 0,5% taqirlarga to'g'ri keladi. Demak, O'zbekistonning cho'l qismida eng ko'p tarqalgan tuproq bu sur ko'ng'ir tuproq turidir. Bu tuproq turi jumhuriyat yer fondining 25-30% ni ishg'ol qilib, asosan bo'r, paleogen, neogen davrlarining qumtosh, gil, mergel, oxaktosh va qadimiy prolyuvial, ellyuvial yotqiziqlarda tashkil topgan. Sur-qo'ng'ir tuproqlar Ustyurt platosi, Qizilqumdagi qoldiq tog' etaklari va balandliklari, Qarshi, Malik cho'llaridagi qoldiq tog' etaklarida joylashgan. Sur-qo'ng'ir tuproq tarkibida chirindi miqdori kam bo'lib, (ustki qatlamida gumusning miqdori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.77 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.77 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga