O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari

O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari Mundarija 1. Suv omborlarining qurilishi 2. Suv omborlari bilan bog'liq bo'lgan muammolar 3. Suv omborlarida bo'ladigan o'zgarishlar 4. Suv omborlarida olib borilayotgan maxsus gidrologik kuzatishlarning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Foydalanilgan adabiyotlar H.Vahobov, O.K.Abdunazarov, A.Zaynutdinov, R.Yusupovlarning Umumiy yer bilimi P.G'ulomov, M.Mamatqulovlarning O'rta Osiyo va O'zbekiston tabiiy geografiyasi Shubayev Umumiy yer bilimi Gidrologiya fanidan Amaliy mashg'ulotlar to'plami Ma'lumki, yer yuzidagi ayrim daryolar juda ham loyqa oqadi. Natijada bunday daryolarda barpo etilgan suv omborlarini tez loyqa bosa boshlaydi, oqibatda ularning suv sig'imi yildan-yilga kamaya boradi. Ayrim hollarda esa ular bir necha yil maboynidayoq daryolar oqimini jilovlab turish uchun yaroqsiz holga keladi Masalan, Turkmaniston Respublikasidagi Murg'ob daryosida barpo etilgan Sultonbent suv omborining suv sig'imi qurilganidan keyin 15 yil ichida 70 foizga kamayib qolgan. Umuman, shuni ta'kidlab o'tmoq zarurki, tez loyqa bosa borganligi sababli tog'li hududlardagi suv omborlarining umri qisqa bo'ladi. Ana shu xususiyatiga ko'ra ular tekisliklardagi suv omborlaridan tubdan farq qiladi Suv omborlari barpo etilgach, ularning har biri o'ziga xos bo'lgan suv sathi, harorati, gidroximiyaviy, gidrofizik va gidrobiologik rejimlarga ega bo'ladi. Shu bilan bir qatorda daryolar, kanallar suvi bilan oqib keladigan oqiziqlar va suv massalarining shamol ta'sirida harakatlanib, to'lqinlar hosil bo'lishi, ular ta'sirida qirg'oqlarning emirilishi tufayli suv ombori kosasining shakli va hajmi o'zgara boradi. Bundan tashqari suv ombori bunyod etilgach, u egallagan va uning ta'siri seziladigan hududlarda ham keskin o'zgarishlar bo'ladi. Bu o'zgarishlar majmuiga quyidagilar kiradi: -ko'plab yer maydonlari suv ostida qoladi; -yer osti suvlari rejimi o'zgaradi; -suv omborining ta'siri seziladigan erlardagi tuproqning suv bilan bog'liq xususiyatlari o'zgaradi; -meteorologik elementlar-havo harorati, havo namligi, shamol rejimi o'zgaradi. Ayrim yirik suv omborlari ta'sirida atrof hududda hatto bulutlik va yog'in miqdori ham o'zgaradi; -yuqoridagi o'zgarishlarga bog'liq holda va ularning natijasi sifatida suv ombori hamda uning atrofida o'simlik qoplami, hayvonot olami ham o'zgaradi Suv omborlarini qurish natijasida har bir hududning suv balansi elementlarida ham o'zgarish bo'ladi. Bevosita o'lkamiz misolida ko'radigan bo'lsak, suv omborlarining barpo etilishi suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanish miqdorining ortishiga sabab bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan ma'lumotlami keltirish mumkin O'zbekistondagi ayrim suv omborlari yuzasidan bo'ladigan yillik bug'lanish miqdori Jadvaldan ko'rinib turibdiki, suv omborlari yuzasidan bo'ladigan o'rtacha yillik bug'lanish miqori undagi suv hajmiga nisbatan 0,6 foizdan (Kosonsoy suv ombori) 13 foizgacha (Tuyamo'yin suv ombori) o'zgaradi Shu narsa ham ma'lumki, tekislikdagi suv omborlari yuzasidan bo'ladigan bug'lanish miqdori tog'lardagiga nisbatan bir muncha katta bo'ladi. Tog'lardagi suv omborlarining afzalligi yana quyidagilardan iborat: daryo vodiysi mavjud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga