O'zbekiston xavfsizlik siyosatida Afg'oniston, janubiy osiyo va yaqin sharq omili Reja: O'zbekiston tashqi siyosatida Afg'oniston omili 2.O'zbekiston bilan Pokiston va Hindiston o'rtasidagi hamkorlik munosabatlar 3.O'zbekiston tashqi siyosatida Yaqin Sharq omili Bugun Afg'onictonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmining ortib borayotgani nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun jahon hamjamiyati tashvishga solmoqda. Biroq mazkur illatga qarshi faqat giyohvand moddalar ishlab chiqarilayotgan hudud atrofida «xavfsizlik zona»sini tashkil etish, jazolash va ma'muriy chora-tadbirlarni kuchaytirish bilangina kurashish kifoya qilmaydi. Bu muammoni, birinchi navbatda, Afg'oniston iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o'zgartirish, aholini tinch va bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqaligina hal qilish mumkin. Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng dolzarb muammolari haqida ham alohida fikr mulohazalarini bayon qildi. O'zbekiston rahbari, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqani barqaror xavfsiz hududga aylantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligiga ypg'y berdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun qo'shni davlatlar bilan integratsiyalashuv jarayonlarini izchil davom ettirish, bozor islohotlarini rivojlantirishda mintaqaviy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarurligini e'tirof etdi. Shuningdek, Respublikamiz rahbari Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda, mintaqada saqlanib qolayotgan strategik mavhumlik holati xususida ham to'xtalib o'tdi. Buni qanday izohlash mumkin? Birinchidan, o'tgan uch yarim yillik muddat mobaynida davlatlar koalitsiyasi yoki ayrim davlatlarning o'z hududida alohida muntazam ravishda amalga oshirib kelgan harbiy va noharbiy chora-tadbirlariga qaramay tolibonlar va al-qoidachilar rahbarlari Mulla Omar, Usoma Bin Loden va ularning yaqin safdoshlari hamon hibsga olinmaganligi, turli davlatlarda ular tomonidan sodir etilayotgan terrorchilik aktlari oqibatida begunoh kishilarning o'limiga sabab bo'layapti. Afg'onistonda hukumat a'zolari, davlat idoralari va ularning xodimlariga qarshi hujumlar uyushtirilayapti. Xamid Karzay hukumati o'z qarorlarini amalga oshirishda har xil to'siqlarga duch kelayapti; Ikkinchidan, Afg'onistonni qayta tiklash bo'yicha siyosiy, etnik va diniy guruhlar rahbarlari o'rtasida kelishilgan ahdlashuv prinsiplarini buzish hollari ham yuz bermoqda. Uchinchidan, Afg'oniston davlat chegaralari to'liq nazoratga olinmagan, xususan Pokiston bilan chegaradosh tofli hududlarda notinchlik hukm surmoqda va bu muammoni hal qilishda asosiy omil hisoblangan afg'on milliy armiyasi va politsiyasini shakllantirish jarayoni esa katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmoqda. To'rtinchidan, jahon hamjamiyatining yordami va Afg'oniston hukumatining olib borayotgan doimiy kurashiga qaramay mamlakatda giyohvand o'simliklarni yetishtirish, qayta ishlash va chet ellarga yetkazishning maxfiy yo'llari va usullari hamon mavjud. Beshinchidan, mamlakat adliya tizimi bugungi talab darajasida shakllanmagan. Lekin shunga qaramasdan, o'tgan uch yarim yil davomida Afg'onstonda tiklanish va yangi hayot uchun kurash jarayoni izchil davom etayotganligi quvonarlidir. Bunday xulosaga kelishni asoslovchi dalillar yetarli. Bular: a)Afg'onistonda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.29 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.29 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: doc