8-sinf geografiya darsligi asosida 29-mavzu: 11-dars mavzusidan yengil sanoatning yalpi sanoat mahsulotidagi salmog'ini aniqlang. 24-dars mavzusidan ma'lumki, yengil sanoat oziq-ovqat sanoati bilan birga O'zbekiston ASMning uchinchi guruhini tashkil etadi. U, asosan, paxtachilik va pillachilik negizida tarkib topdi. Paxta tozalash, to'qimachilik, trikotaj, poyabzal, ko'nchilik, ipak ishlab chiqarish yengil sanoatning muhim tarmoqlari hisoblanadi (63-rasm). Paxta tozalash sanoati ishlab chiqarish jarayoni bir-biriga bog'liq bo'lgan paxta tozalash korxonasi, paxta quritish sexlari va transport xo'jaligidan tarkib topadi. U qishloq xo'jalik mahsulotlarini dastlabki ishlovchi tarmoq bo'lganligi sababli uning korxonalari paxtakor tumanlarda joylashtiriladi. Shuningdek, temiryo'l yoki avtomobil yo'llaridan foydalanish qulayligi ham e'tiborga olinadi. Paxta tozalash zavodlari ko'proq mashinasozlik, yoqilg'i-energetika majmualari hamda to'qimachilik, yog', kiyim-kechak kabi sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish aloqasida bo'ladi. Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda 1874-yilda qurilgan. O'sha davr zavodi bir mavsumda ko'pi bilan 3 ming tonna paxta tozalay olgan. Dastgohlarni esa suv kuchi harakatga keltirgan. Shu tufayli dastlabki vaqtlarda paxta tozalash korxonalari shaharlarda ham joylashgan. Zamonaviy paxta tozalash zavodi yil davomida 100 ming tonnagacha paxta tozalamoqda. XX asr boshidagi mayda, yarim hunarmandchilik (210 ta) korxonalar o'rnida endilikda mexanizatsiyalashgan 120 dan ortiq qudratli korxonalar ishlab turibdi (64-rasm). Mustaqillikdan keyin Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning firmalari bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlarida paxtani qayta ishlashdan tayyor to'qimachilik mahsulotini ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni qamrab olgan korxonalar barpo etildi. O'zbekistonda lub ekinlari yetishtirila boshlangach, XX asrning 30-yillarida kanop zavodlari yuzaga keldi. So'nggi o'n yilliklarda faoliyati to'xtagan bu soha qayta tiklandi. Kanop qop-qanor, arqon, brezent va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ipak gazlama to'qish uchun dastlab pilla chuvilib, xom ipak tayyorlanadi. Pilla yetishtirilgan joyida chuvilgani ma'qul. Uni uzoqqa tashish qimmatga tushadi (50 tonna yuk ko'taradigan vagonga ko'pi bilan 4 tonna pilla joylash mumkin). Pillachilik fabrikalarida, asosan, ayollar mehnat qiladi. Har bir fabrikada mingtacha odam ishlashi mumkin. Shunga ko'ra, pillakashlik fabrikalari ipak qurti boqiladigan mintaqalardagi kichik va o'rta shaharlarda joylashtiriladi. Ko'n-poyabzal ishlab chiqarish ham yengil sanoat tarmog'idir. Toshkent va Samarqand shaharlarida charm ishlab chiqariladi. Poyabzal fabrikalari Toshkent, Farg'ona, Chirchiq, Yangiyo'l va boshqa shaharlarda joylashgan. G'ijduvon, Buxoro, Rishton, Urgut, Shahrisabz kabi shahar va tuman markazlari badiiy hunarmandchilik hamda kulolchilik, Xiva esa gilam to'qish markazlari hisoblanadi. To'qimachilik yengil sanoat tarkibidagi eng muhim tarmoq hisoblanadi. O'zbekistonda ip va ipak gazlamalar to'qish qadimdan mavjud bo'lgan. Atlas, zondonachi, baxmal, beqasam, olacha kabi gazlamalar Buyuk Ipak yo'li orqali Yevropava Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. XX asr boshlarida 30 ming hunarmand gazlama to'qish bilan shug'ullangan. Mo'l-ko'l xomashyodan tashqari aholining tarixiy tarkib ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.47 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.47 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: ppt