O'zbekiston yengil sanoati joylanishi va rivojlanishi

O'zbekiston yengil sanoati joylanishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston yengil sanoati joylanishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston yengil sanoati joylanishi va rivojlanishi Reja I. KIRISh II. ASOSIY QISM 1. Respublika sanoatiga umumiy ta'rif 2. Yengil sanoat 3. To'qimachilik sanoatining hududiy tashkil etilishi. II. Xulosa Kirish O'zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutib, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun moddiy-texnika vositalarini to'xtovsiz takror ishlab chiqarish manbai sifatida faoliyat ko'rsatadi, iqtisodiy rayonlarning, viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish texnikaviy darajasini belgilab beradi hamda moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatiga ta'sir ko'rsatadi. Mamlakat asosiy fondlarning 40 foizi sanoatga to'g'ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 15 foizi sanoatda yaratiladi. Iqtisodiyotda band bo'lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Eslatib o'tish joizki, bu sohada yuqori malakali muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchilar ishlaydi. Mustaqillik yillarida Respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalar mulk shakllarini o'zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta'minlamoqda. O'zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashtnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg'i sanoati tarmoqlari jadal suratlar bilan o'sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish-valyuta-moliyaviy, xalq xo'jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning istemol buyumlari bilan o'zini-o'zi ta'minlashi esa xalq turmushi darajasini ko'tarishni kafolatlaydi. Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 obyektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi, juda ko'p qo'shma korxonalar qurildi. 200-2002 yillar o'rtasida sanoat tarmoqlarida hisobga olingan kichik va mikrofirmalar soni 194,4 mingdan 231,9 mingga etdi. 2002 yilga kelib mamlakat sanoat ishlab chiqarishida faoliyat ko'rsatayottan xo'jalik yurituvchi subyektlar tarkibi umumiy foizga nisbatan quyidagicha o'zgardi. Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo'lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, murakkab, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda Respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq; va tarmoqchalar mavjud bo'lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Bundan tashqari sanoat mahsulotlarining xususiyati ularning istemol qilinishi boshqa xususiyatlariga qarab, og'ir, yengil, oziq-ovqat xom ashyo, qayta ishlovchi tarmoqlarga bo'linadi. Mamlakatimiz viloyatlari sanoat mahsuloti tarkibida ushbu guruhlarning nisbati juda katta farq qiladi. Navoiy, Kashkadaryo, Farg'ona viloyatlarida xom ashyo tarmoqlari, Samarkand, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Xorazm, Buxoro viloyatlarida qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlangan. Navoiy, Toshkent, Farg'ona, Qashkadaryo viloyatlarida og'ir sanoat tarmoqlari, Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlarida yengil sanoat tarmoqlari, Samarkand, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ulushining kattaligi bilan ajralib turadi. Ayrim viloyatlarda sanoat tarmoqlarining ulushi har xil. Umuman, Respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg'i sanoati (24,1 foiz) egallaydi (8-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,8 foizni, oziq-ovqat-14,2 foizni, metallurgiya-10,3 foizni egallaydi. O'zbekiston sanoati tarmoqlari orasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.29 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.29 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga