O'zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar

O'zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar Gidrologiya Yer to'g'risidagi fanlar turkumiga kiradi. Gidrologiya yunoncha so'z bo'lib, gidro-suv va logos-bilim yoki fan degan ma'noni beradi. Umumiy qilib ayt­ganda gidrologiya suv haqidagi fandir. Yer kurrasining suv qobig'i­gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob'ekti faqat o'ziga xos xususiyatlargagina ega bo'ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma'noda quyidagicha ta'rif berish mumkin: gid­rologiya­gidrosferadagi suvlarni, ya'ni okeanlar va den-gizlarni, daryolar va ko'llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ular-ning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litos-fera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o'zaro aloqasini o'rganuvchi fandir. Gidrologiya fani o'rganiladigan suv ob'ektlarining turiga ko'ra ikki qismga-okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo'linadi. Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xusu­siyatlarini hamda ularda sodir bo'ladigan hodisa va jara­yonlarni atrof­muhit bilan aloqador holda o'rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa o'z navbatida daryolar gidrologiyasi (potamologiya) ko'llar va suv omborlari gid­rologiyasi (ko'lshunoslik-limnologiya), muzliklar gidro-logiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (tal­matologiya)ga bo'linadi. Ko'p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob'ekt­larining gidrologik rejimini o'rganishdan iboratdir. O'rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish bo'yicha tarixan vu­judga kelgan masalalarni hal etish bilan bog'liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo'limlari-gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik basho­rat(prognoz)lar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba'zan, umumiy nom bilan mu­handislik gidrologiyasi deb ham ataladi. Gidrometriya-gidrologiyaning o'lchov qismi bo'lib, suv ob'ektlarining gidrologik rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suvning tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o'lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanadi. Тadqiqot usullari Suv havzalarida kechadigan hodisalar qonuniyatlarini to'la o'rganish, tegishli xulosalar chiqarish va ulardan amalda samarali foydalanish maqsadida gidrologiyada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular ichida eng aso-siylari statsionar, ekspeditsiya va tajriba­laboratoriya usullaridir. Gidrologiya daryolar va boshqa turdagi suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ular­dagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya (suv kimyosi), gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o'r-ganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o'rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari va usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter texnologiya-sidan keng foydalaniladi. 3) amalga oshirilayotgan suv xo'jaligi tadbirlari (me­lioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv resurslarini hududlar bo'yicha qayta taqsimlash va hokazolar)ni iqti­sodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma'lumotlar bilan ta'minlash. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyora­mizning ancha qismida shu resurslardan qishloq xo'jaligi, sanoat, iste'mol uchun olinadigan va suv ob'ektlariga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.7 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.7 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga