O'zbekistonda atrof-muhit va tabiat boyliklarini muhofaza qilish

O'zbekistonda atrof-muhit va tabiat boyliklarini muhofaza qilish

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda atrof-muhit va tabiat boyliklarini muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda atrofmuhit va tabiat boyliklarini muhofaza qilish Reja: O'zbekistonning geografik o'rni va tabiatining o'ziga xos xususiyatlari Tuproqni muhofaza qilish. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish. Tabiat obyektlari muhofazasi. O'zbekistonning geografik o'rni va tabiatining o'ziga xos xususiyatlari O'zbekistonning geografik o'rni va tabiatining o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi atrof muhitni va tabiat boyliklarini muhofaza qilish hamda ularni avaylab, ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni taqozo qiladi. Respublika hududining okeanlardan uzoqda, cho'l zonasida ekanligi yog'in miqdorining, binobarin, oqar suvlarning kam bo'lishiga olib kelgan. Sharq va janubi-sharqdan tog'lar bilan o'ralganligi suv tanqisligini biroz yumshatgani bilan, O'zbekistonning geoekologik berk o'lka bo'lishiga sabab bo'lgan. Respublikaning, ayniqsa, uning g'arbiy qismi geoekologik jihatdan noqulay hudud hisoblanadi. shuning uchun ham o'zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan beri mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o'rganib kelgan. O'rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan navro'z bayrami asrlar davomida ona Yerga va tabiatga mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uni ardoqlash tuyg'ularini tarbiyalagan; mehnat tarbiyasi va ma'naviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etgan. Tabiat bilan insonning o'zaro chambarchas aloqasini, ularning bir butunligini ifodalovchi bu bayram dehqonchilik bayramigina emas, balki tom manoda geoekologik bayram hamdir. Kishilarning tabiatga, ayniqsa, uning yorqin tashqi ifodasi bo'lmish o'simlik olamiga bo'lgan munosabati va mehrini belgilovchi bayramlardan yana «gul bayrami» va «lola bayrami»ni ko'rsatib o'tish mumkin. Xalqning sof geoekologik mazmunga ega tarixiy udumlaridan yana biri «taganak»dir. Bu udumga ko'ra, tog' va tog' etaklarida yashovchi xalq erta bahorda yig'ilib, tog'-toshdagi buloqlar ko'zini ochib, jilg'alar yo'lini shox-shabbalardan, loyqalardan tozalaydilar. Aholining geoekologik ruhda, yani ona tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish, tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashda milliy badiiy adabiyotning ham ahamiyati benihoya katta. O'zbek xalqining mumtoz shoir va yozuvchilari, jumladan, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari geoekologik mazmunga ayniqsa boydir. Xalq og'zaki ijodida, yani xalq dostonlari, ertak, maqol va masallarda ham tabiatni muhofaza qilish targ'ib etib kelingan. Ular g'oyaviy mazmunini aksariyat turli xil yovvoyi va uy hayvonlari, ayniqsa, foydali qushlarning tabiatdagi roli, insonga do'st ekanligi, ularni muhofaza qilishga davat qiluvchi tuyg'ular tashkil etadi. Insonlarni tabiatni muhofaza qilishga davat qiluvchi, sof geoekologik mazmun kasb etuvchi yana bir manba o'zbek xalqi ixlos bilan e'tiqod qiladigan din-islomda ilgari surilgan ilohiy ta'limot asoslaridir. Islom manbalarida diniy e'tiqod, ibodat, Yeru osmon, falakiyot va atrof-muhitdagi holatlar to'g'risida juda ko'p qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Quroni karim va hadisi shariflarda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni isrof etmaslik, insonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasiga, o'simlik va hayvonot dunyosini asrashga, umuman, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. Bular o'zbek xalqining tarixan shakllangan milliy tarbiya asoslaridir. Bunga mazmuni juda keng «uvol» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.33 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.33 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga