O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi

O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi Reja: O'zbekiston chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi. Qoramolchilik. Qo'ychilik (Qorako'lchilik) mamlakat chorvachiligining yetakchi tarmog'i. Respublika chorvachiligining boshqa tarmoqlariga ta'rif. O'zbekiston-chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Respublikaning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildor tuprog'i chorvachilikni rivojlantirish uchun mos. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlari, bepoyon qir-adirlari, dashtu-cho'l hamda tog' oldi yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish uchun o'ta qulay. Sug'oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, pillachilik, cho'chqachilik, parrandachilik rivojlangan bo'lsa, qir-adirlar, cho'l va tog' oldi yaylovlarida esa qo'ychilik (qorako'lchilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida esa baliqchilik rivojlangan. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o'sib bormoqda. Chorvachilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning ozuqa bazasi hisoblanadi. Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omixta yem ishlab chiqarishni ko'paytirishga e'tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak ekinlari jami ekin maydonining 8,0 foizini tashkil qiladi (1995 yilda 7,7 %). Mustaqillik yillarida g'alla maydonlarining kengayishi bilan somon tayyorlash hajmi ham muttasil oshib bormoqda. Keyingi yillarda chorvachilikni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida chorva mollari tuyog'i va asosiy chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada o'smoqda. Qoramolchilik - Respublika chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridan biri. U Respublikada yetishtiriladigan go'shtning to'rtdan uch qismini va sutning deyarli hammasini beradi. Mamlakatda qoramolchilikning sut, sut-go'sht, go'sht, go'sht-sut yo'nalishlari rivojlangan. Sut va sut-go'sht yo'nalishidagi qoramolchilik yirik shahar atrofi xo'jaliklarida hamda yaqinda o'zlashtirilgan mintaqalarda, go'sht-sut, go'sht yo'nalishidagi qoramol zotlari esa tog' va tog'oldi mintaqalarida nisbatan ko'proq boqiladi. Hozirda Respublikamizda 6571,4 ming bosh qoramollar boqilmoqda (2006 y). Shularning 42,9 foizi yoki 2821,3 ming boshi sog'in sigirlardir. O'zbekiston mintaqalarida qoramolchilikning hududiy joylashishi bir xilda emas. Eng ko'p qoramollar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to'g'ri keladi. Jumladan, mamlakatdagi jami qoramollarining 14,9 foizi Samarqand, 10,7 foizi Qashqadaryo viloyatiga boqiladi. Shuningdek, qoramollar soni Xorazm (584,8 ming bosh), Buxoro (556,4 ming bosh), Farg'ona (533,9 ming bosh), Surxondaryo (531,1 ming bosh) viloyatlarida ham ko'p. jadval O'zbekistonda chorva mollarining soni (barcha turdagi xo'jaliklarda, yil boshida, ming bosh hisobida) Qoramol zotlarini yaxshilash sohasida ko'p ishlar qilinmoqda. Jumladan, Boltiqbiyi davlatlaridan sersut qoramollar keltirilib rayonlashtirilgan va ularni chatishtirish orqali yangi zotlar yaratilgan. Mahalliy zotlarni qoraola zotlar bilan chatishtirib qo'ng'ir va qora-ola zotlarning O'zbekiston tipi yaratilgan. Qo'ychilik. Respublikada Qorako'l, hisori va jaydari qo'ylar ko'p boqiladi. Ularning soni echkilarni ham qo'shib hisoblaganda 11351,9 ming boshdan ko'p. Shundan yarmidan ortig'i Qorako'l qo'ylaridir. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq mamlakat chorvachiligi ancha barqarorlashdi. Qorako'l qo'y zoti Respublika qo'ychiligining faxri hisoblanib, u mamlakat eksportida alohida o'rin tutadi. Qorako'l qo'ylari ko'p xil tovlanadigan sifatli qorako'l terisi, go'shti hamda jun olish uchun katta-katta cho'l yaylovlarida boqiladi. Qorako'l qo'y zoti Zarafshon vohasida yashagan chorvadorlar yaratgan zot hisoblanadi. Hozir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga