O'zbekistonda geografiya ta'limining takomillashuvi

O'zbekistonda geografiya ta'limining takomillashuvi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda geografiya ta'limining takomillashuvi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda geografiya ta'limining takomillashuvi KIRISH 1.O'zbekistonDA GEOGRAFIYA TA'LIMINI YO'LGA QO'YILISHI 2. GEOGRAFIYA TA'LIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 3. MUSTAQILLIK YILLARIDA GEOGRAFIYA TA'LIMI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Zamon talabiga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o'quv yurtlarimizning shakli qiyofasi va tarkibi moddiy bazasi ham zamonaviy bo'lishi shart. I.A.karimov Kurs ishining dolzarbligi O'zbekiston mustaqilikka erishgandan so'ng umumiy ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilish zaruriyati tug'ildi. Ayrim o'quv fanlari dars tizimidan chiqarib tashlandi, ayrimlarning mazmuni o'zgartirildi, ayrim fanlar yangidan o'quv tizimiga joriy qilindi. Maktab geografiya ta'limi sohasida ham muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Umumiy majburiy ta'lim 9-yilga o'tkazganligi munosabati bilan ayrim o'quv kurslari o'rganiladigan sinflar o'zgardi. 5-sinfga yangi Tabiat kursi kiritildi. Ammo mazkur kursni o'zlashtirish qiyin bo'lganligi hamda unda tabiiy geografiya, biologiya va boshqa fanlardagi bilimlar qaytarilganligi tufayli 199 yil o'quv dasturidan olib tashlandi. Kurs ishining maqsadi va mazmuni. O'qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va geografiya metodikasining eng muhim muammosidir. O'qitish maqsadi geografiya nima uchun o'qitiladi, degan savol bilan chambarchas bog'liq. O'qitish maqsadi maktab geografiyasining mazmunini, tuzilishini, o'qitish metodlari va yo'nalishni belgilashda katta ahamiyatga ega. Dastlab barcha fanlar uchun o'qitish maqsadlarini aniqlashda didaktik tadqiqotlar amalga oshirildi. Ta'lim haqidagi va kadrlar to'grisidagi qonunlarda o'qitish maqsadini aniqlashda jamiyatning xususiyatlari, qiziqishi albatta e'tiborga olinadi, ya'ni o'quvchilarning jamiyat uchun kurashadigan va qayguradigan bo'lishi kerak. Maktab o'z o'quvchilarni mehnatini sevadigan, vatanparvar, zamonaviy fan, texnika, texnologiyaga oid ko'nikma va malakalarga ega qilib tarbiyalashi zarur. geografiya inson hayotida katta ahamiyatga ega. Uning tabiiy boyliklarimizni, chet mamlakatlar bilan qiyoslashda iqtisodiy, ijtimoiy-siyoyeiy ilmiy geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta. Kurs ishining vazifasi. 1.O'zbekistonda geografiya ta'limini yo'lga qo'yilishi 2.O'zbekistonda geografiya ta'limining rivojlanish bosqichlaridagi o'zgarishlar 3.O'zbekistonda mustaqillik yillarida geografiya ta'limida qonun va qoidalar. Kurs ishining ob'kti: Mavzuga doir ilmiy manbalardan foydalanildi Kurs ishining tarkibi va xajmi: 3 reja , 37 bet, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Endilikda mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq maqsad, an'analariga mos keladigan tamoman yangicha «ta'limiy xizmat»ni shakllantirishga kiritildi. Bunday ta'limiy xizmatning metodalagik negizini prezident I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan «Jamiyat mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin» degan g'oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxsning qobiliyati va iste'dodini rivojlantirish, takomillashtirishi orqali jamiyatning quyidagi ta'limiga bo'lgan ehtiyojini qondirish tashkil qiladi. Ana shunday konsepsual g'oyalar asosida faoliyat ko'rsatuvchi maktabni, shaxse va jamiyatni rivojlantirishga, ta'limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini e'tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexanizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta'limda ham tayanch o'quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta'limiga bo'lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.29 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.29 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga