O'zbekistonda iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlanishi

O'zbekistonda iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlanishi Reja: O'zbekistonda iqtisodiy va sotsial geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Iqtisodiy geografiya va iqtisodiy geograflar. Iqtisodiy geografiyaning asosiy yo'nalishlari va geografiyasi. Fanning istiqbolda rivojlanishidagi ustuvor yo'nalishlari. Iqtisodiy geografiyaning O'zbekistonda rivojlanishi, uning eng yangi tarixi yakunlanayotgan asrning 20-yillaridan boshlanadi. Shu davrda nashr etilgan iqtisodiy geografiya va hududiy iqtisodiyotiga doir ilmiy ishlar ko'proq O'zbekiston va O'rta osiyoning umumiy ta'rifiga bag'ishlangan edi. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlarda eng avvalo G.N.Cherdansev va V.M.Chetirkinlarning xizmati katta bo'lgan. Chunonchi, G.N.Cherdansevning 1922 yilda yozgan O'rta Osiyo haqidagi monografiyasida o'lka iqtisodiyoti to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. U 1928 yilda O'rta Osiyo Respublikalariga bag'ishlangan kitobini ham chop ettirgan. Taxminan ana shu yillarda O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi va uni rayonlashtirishga bag'ishlangan tadqiqotlar boshlangan. Bu ishlar V.M.Chetirkin va Y.I.Poslavskiy tomonlaridan olib borilgan. V.M.Chetirkin (u 1892 yilda Samarqandda tug'ilgan) 1926 yilda O'zbekiston xalq xo'jaligining ahvoli va rivojlanishi borasida kitobini yozgan. Keyinchalik u ToshDU iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri sifatida (1944-1948 yy.) qishloq xo'jaligini rayonlashitirish, turli viloyatlar tabiati va xo'jaligini o'rganish, yosh geograf olimlarni tayyorlashga alohida e'tibor bergan. Iqtisodiy geografiyaning rivojlanishi o'ttizinchi yillarda tabiiy boyliklarni o'rganish bo'yicha olib borilgan ekspeditsiyalar (sahro tadqiqotlari) va ilmiy anjumanlar bilan bog'liq bo'lgan. Jumladan, bunday tadqiqotlar qoraqalpog'istonda hamda uning Ustyurt qismida amalga oshirilgan, Respublikamiz ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish mavzusida 1933 yilda dastlabki ilmiy anjuman o'tkazilgan. O'zbekistonda iqtisodiy gegrafiyaning rivojlanishida Toshkent (O'rta Osiyo) Davlat universiteti-hozirgi O'zbekiston Milliy universitetida shu nomli birinchi kafedraning tashkil etilishi va bu kafedra qoshida 1943 yilda aspiranturaning ochilishi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Kafedra xodimlari 50-yillardagi Farg'ona vodiysi ekspeditsiyasining o'tkazilishida faol qatnashishgan. Bunday sahro tadqiqotlari, shuningdek qashqadaryo, Surxon-SHerobod va Zarafshon vodiylarida ham amalga oshirilgan, Toshkent shahri atroflicha o'rganilgan. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida, xususan V.M.Chetirkin hamda K.N.Bedrinsevlarning ishlarida rayonlarning kompleks muammolarini o'rganish ilmiy yo'nalishi shakllangan. Ayni paytda olib borilgan sahro tadqiqotlari jarayonida R.S.Lobach, Z.M.Akromov, R.A.Xodiyev, T.Tojimov, T.Raimov, E.Toshbekov kabi qator olimlar yetishib chiqqan. N.G.Sapenko, V.M.Chetirkin va K.N.Bedrinsevlar bilan birgalikda iqtisodiy rayonlashtirish muammolari ustida ish olib borgan. Mahalliy millat vakillaridan birinchi iqtisodiy geografiya bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini Z.M.Akromov 1953 yilda yoqlagan. Ushbu dissertatsiya asosida u kishi Namangan viloyatining iqtisodiy geografik ta'rifiga bag'ishlangan monografiyasini nashr ettirgan. Keyinchalik prof. Z.M. Akromov Buxoro va Samarqand viloyatlari qishloq xo'jaligi, cho'l, tog' va tog'oldi rayonlarini o'zlashtirish, iqtisodiy rayonlashtirish kabi muammolar ustida izlanishlar olib borgan. U kishi iqtisodiy geografiya kafedrasining mudiri (1970-1984 yy.) va O'zbekiston Respublikasi Geografiya jamiyati hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi Geografiya bo'limida qator fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlashda samarali ishlarni bajarib kelmoqda. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishida ilmiy anjumanlar va chop etilgan kitoblarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga