O'zbekistonda madaniy va tarixiy turizmni rivojlanishi xususida Jahon mamlakatlari qatorida O'zbekiston ham o'zining uzoq va betakror boy tarixiga ega. Qadim zamonlardayoq Turon zamin deb e'tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arheologik manbalarga ko'ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatorida munosib o'rinni egallagan. ko'hna, madaniy va ma'naviy yodgorliklarga boy tarixi, qadimiy me'moriy hamda tasviriy san'ati jahon turistlarini o'ziga jalb etib kelgani hech kimga sir emas. Toshkent, Samarqand, Buhoro, Shahrisabz, Xiva va Urgench hamda Respublikaning turli joylarida joylashgan tarixiy obidalar, ko'hna yodgorliklar mamlakatimiz turizmining asosiy poydevori vazifasini o'taydi. Vatanimiz tarixi o'zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al - Farg'oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Ismoil al-Buhoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin NAQSHband, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab bobolarimiz bilan fahrlansa arziydi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov: O'zbekiston turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga egadir. Samarqand, Buhoro, Xiva kabi o'zbek shaharlari butun dunyoga mashhurdir. Respublika hududida to'rt mingdan ko'proq me'morchilik yodgorliklari bor… Tabiat iqlim sharoitlari qishin yozin sayohatchilarni qabul qilish imkoniyatini beradi -deb ta'kidlab o'tgan edilar. Bundan kelib chiqadiki, O'zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish salohiyatiga va yuqori raqobatbardoshlikni ta'minlashda nisbiy ustunliklarga ega bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda asosan, O'zbekiston tarixi va madaniyati asosiy rol o'ynaydi. Chunki, O'zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borishi va hozirgi yuksak insonlar darajasiga ko'tarilish jarayonini, dinini, yozuvi, ilm-fani, urf-odati, adabiyoti va san'atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanishi jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma'lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo'lib qolganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko'rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng o'rgatadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov turizm sohasini rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan biri ekanligini alohida ta'kidlaydilar: Turizm sodda qilib aytganda dunyoni tushunib, dunyoni anglash, shu bilan birga dunyo sahnasiga chiqishi demakdir Toshkent, Samarqand, Buhoro, Marg'ilon, Shahrisabz va Xiva kabi shaharlarimizning 2500-300 yillik tarixi bor. Bu juda katta ma'naviy boylik, uni sayyohlikni rivojlantirish yo'li bilan moddiy boylikka aylantirish mumkin. Madaniy turizm - bu o'zga xalqlarni madaniyati, tarixi, etnografiyasi, arheologiyasi, folklori, hayot tarzi bilan qiziquvchi turistlarning faoliyati tushuniladi. Madaniy turizm mobaynida insonlarga o'zga xalqlarning madaniyati bilan yanada chuqurroq tanishish maqsadida mahalliy teatrlarga, milliy san'at va xalq ijodiyoti ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: doc