O'zbekistonda oila shakllanishining hududiy, demografik jihatlari

O'zbekistonda oila shakllanishining hududiy, demografik jihatlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonda oila shakllanishining hududiy, demografik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda oila shakllanishining hududiy, demografik jihatlari Oila shakllanishining hududiy xususiyatlari va tarkibini o'rganish aholi geografiyasining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Oilaning tashkil topishida esa, o'z navbatida, nikoh va ajralish jarayonlari muhim omildir. Nikoh erkak bilan ayolning tarixan tarkib topgan, jamiyat tomonidan muayyan tartibga solib turadigan o'zaro hamda bolalariga nisbatan munosabatlari shaklidir. Nikoh o'z evolyutsiyasiga, turlariga ega bo'lgan sotsial jarayondir. Nikohlanish jarayoni turli xil mamlakatlarda o'ziga xos bo'lib, har bir millatning milliy qadriyatlarini aks ettiradi. U insoniyat ijtimoiy taraqqiyotining turli davrlarida har xil ko'rinishlarga ega bo'lib, o'sha davlatlarning qonunlari asosida asrlar davomida o'zgarib, takomillashib borgan. Natijada, o'rtacha turmush qurish jahonning turli mamlakatlarida 12-14 yoshdan to 21-22 yoshgacha belgilangan, ba'zi davlatlar bundan mustasno. Nikohni qayd etish va ro'yxatga olish fuqarolar tartibi qonun-qoidalar va diniy urf-odatlarga ko'ra amalga oshiriladi. Masalan, katolik va budda ruhoniylariga uylanish ma'n etilgan. Shuning uchun ham oldingi davrlarda Mo'g'ilistonda, Tibetda nikohlanish jarayoni boshqa davlatlarga qaraganda kam bo'lgan. Undan tashqari, turmush qurish yoshini ko'p hollarda ruhoniylar belgilashgan. Masalan, katolik cherkovlarida qizlar uchun 12 yosh, o'g'il bolalar uchun 14 yosh, protestantlar cherkovida esa ikkala jins uchun ham 14 yosh, Islomda esa shariat qonuniga ko'ra qizlar 9 yosh, o'g'il bolalar 15 yoshda turmush qurishi mumkin, deb belgilangan. 1928 yil O'zbekistonda qizlar va o'g'il bolalar uchun turmush qurish yoshi 18 yosh qilib belgilangan va hozirgacha davom etib kelmoqda. 1962 yil BMT Bosh Assambleyasi nikoh konvensiyasini qabul qildi. Ushbu tashkilotga a'zo barcha davlatlarda turmush qurish yoshini 15 yoshdan qilib belgilangan. Ma'lumki, nikoh to'yini o'tkazish har bir o'zbek xonadonining bir umrlik orzusi, chunki mamlakatimizning eng oliyjanob milliy qadriyatlaridan biri, bu oila, farzandi, qolaversa nevara va chevaraga bo'lgan bo'lgan mehr-muhabbatdir. Nikohlanuvchilarning soni avvalambor oilalarning soniga ta'sir qiladi. Nikohlanuvchilarning soni bo'yicha Respublikamizda Farg'ona-18 ming, Surxondaryo-17 ming, Toshkent-16,3 ming ko'rsatkich bilan bu viloyatlar oldingi o'rinlarda kelmoqda. Har ming kishiga to'g'ri keladigan nikohlar soni 1989 yili 10 kishini tashkil etgan bo'lsa, keyingi yillarda bu ko'rsatkich biroz pasayib, 2006 yili 8-9 kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Buxoro9,4 %, Xorazm 9 %, Jizzax 8-9 % viloyatlari oldingi o'rinda turadi. Nikohlanuvchilarning soni keyingi yillarda birmuncha pasaygan bo'lsa ham, O'zbekistonda har 100 aholiga to'g'ri keladigan nikohlar soni bo'yicha jahonda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Bu ko'rsatkich, masalan, Buyuk Britaniyada -7,1%, Fransiyada -5,8%, Shvetsiyada-4,4%, Janubiy Koreyada -5,2 %, Yaponiyada -6%dir. Nikohlanuvchilarning soni o'z navbatida tug'ilish darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Nikohlanish darajasi har 100 kishiga mustaqillik yillarida o'rtacha 7,8% (200-2006 yillar) atrofida barqarorlashdi yoki har yili Respublikamizda o'rtacha 150-170 mingtagacha nikohlar qayd etilmoqda. Ajralish yer-xotinning hayotlik davrida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga