O'zbekistonga hududi va madaniyati yaqin mamlakatlar

O'zbekistonga hududi va madaniyati yaqin mamlakatlar

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonga hududi va madaniyati yaqin mamlakatlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonga hududi va madaniyati yaqin mamlakatlar TURKIYA 9-sing Geografiya darsligi asosida 42 § - mavzu Reja: Aholisining soni Asosiy daryolari Turkiya - industrial-agrar mamlakat. Turkiyaning transport tizimi TURKIYA Osiyo va Yevropaqit'alarida joylashgan davlat. Ma'muriy jihatdan 76 ta viloyatdan iborat. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig'i - Prezident. U har 7 yilda saylanib, Qurolli Kuchlarning Bosh qo'mondoni vazifasini ham bajaradi. Aholisining soni 81,0 mln. kishi, o'rtacha yillik o'sish sur'ati 1,0 % ga teng. Din nuqtayi nazaridan islomga mansublar 99,8 % ni va boshqalar 0,2 % ni tashkil etadi. Etnik tarkibi - 87 % i turklar, 10% i kurdlar, 1,7% i arablar, greklar, armanlar va boshqa xalq vakillari. Mamlakatdan tashqarida 6 mln. turk yashaydi. Kichik Osiyo yarimoroli juda qadim zamonlardan boshlab shimol, janub, g'arb, sharq o'rtasida savdo va madaniy aloqalarni bog'lab turuvchi ko'prik bo'lgan. 1923-yil 29-oktabrdan Turkiya mustaqil Respublika bo'ldi. Poytaxti - Anqara shahri. Mamlakat tarixiy obidalarga boy. Masjidlar, ibodatxonalar, tarixiy muzeylar shular jumlasidandir. Asosiy daryolari - Yoshil, Irman, Dajla, Frot, Araks, Chorax. O'rmonlar 15 % maydonni egallaydi. Unda qayrag'och, archa, sarv daraxti, buk, eman, grab va butalar o'sadi. Turkiya - industrial-agrar mamlakat. Mamlakatda xrom (dunyoda 3-o'rinda), surma, temir rudasi, volfram, mis, marganes, simob,, oltingugurt qazib olinadi. Xrom Temir rudasi Simob Oltingugurt Boksit Qishloq xo'jaligida bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori, javdar, sholi, sabzavot ekinlari yetishtiriladi. Tamaki yetishtirishda dunyoda oldingi o'rinlardan birida turadi. Turizm juda yaxshi rivojlangan. Shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Adana, Bursa, Konya, Antaliya. Istanbul - turizmning yirik markazlaridan biri. Turkiyaning transport tizimi taraqqiy etgan. Unda avtomobil transportining roli katta. Dengiz transporti rivojlangan. Eksportida mashina va avtobuslar, oziq-ovqat, yengil sanoat, elektrotexnika mahsulotlari, tamaki, quruq mevalar, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetakchilik qiladi. Importida mashina uskunalari, xomashyo, transport vositalari va boshqalar ustun turadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.7 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.7 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga