O'zbekistonni turistik rayonlashtirish xususiyatlari Reja: Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish Turistik - rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari O'zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondashuvlar O'zbekistonning turistik rayonlari tavsifi O'zbekistonda ekoturistik rayonlashtirish Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish Rekreasiya jihatdan rayonlashtirish bu - rekreasiya sifatida foydalanish maqsadida shu belgilar asosida hududlarni ajratishdir. Sog'lomlashtirish va dam olishni tashkillashtirish, hamda hududlardan samarali foydalanishda rekreasiya maqsadida rayonlashtirishni katta ahamiyati bor. Bunda, hududiy rekreasiya tizimlari (HRT), hamda hududiy turistik majmualar (HTM) asosiy o'rinni egallaydi. HRT - hududiy tabiiy va madaniy infrastrukturali majmua. U turli ixtisosga ega bo'lib, asosiy vazifasiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: ijtimoiy va tibbiy - biologik. Undan tashqari insonlarni davolanishi va dam olishi xususiyati kelib chiqib, mutaxasislar HRTning 4 ta guruhini ajratishadi: Davolanish; Sog'lomlashtirish; Sport; Tanishuv. HRTning birinchi guruhida, insonlarning davolanishiga qaratilgan bo'lib, unda mineral suvlar, shifobahsh balchiqlar, issiq qumlar mavjud joylar asosida xizmat ko'rsatish amalga oshiriladi. HRTning ikkinchi (sog'lomlashtirish) va uchinchi (sport) guruhi esa, insonlarning sog'ligini tiklash hamda, dam olishiga qaratilgan. Bunda, dam olishning aktiv turlaridan, sayohat, ekskursiya va cho'milish bilan shug'ullanish amalga oshiriladi. To'rtinchi guruh, insonlarning dam olishini mazmunli o'tkazishda maqsadida, turli tabiiy va madaniy obyektlarga sayohat tashkil etish orqali, insonlarning ruhiy - psixologik sog'ligini tiklashga qaratilgan. HRT - bu murakkab xo'jalik tizimi bo'lib, ya'ni sog'lomlashtirish va davolanish muassalari (turli sanotoriyalar, dam olish tashkilotlari, motellar, kempenglar, lagerlar) sport bilan shug'ullanish muassalari, ekskursiya obyektlari, hamda yo'l - transport tarmoqlaridan iborat. HRT shakllanishida hududda barcha xo'jalik tarmoqlarini birgalikda rivojlanishini tashkillantirishni talab etiladi. Bunda, bir qancha muammolarni hal qilish lozim bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi: mintaqalar bo'yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy - iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa resurslardan kelib chiqib joylashtirish; rekreasiya resurslaridan tizimli ravishda samarali foydalanish; infrastrukturani shakllanishida tarmoqlar o'rtasida to'g'ri ixtisoslashishni tashkil etish; ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko'rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta'minotini yaxshilash; zamonaviy transport, yo'l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish; mehnat resurslaridan samarali foydalanish; rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat landshaftlarini muhofaza qilish. Undan tashqari rekreasiya majmualarining 5 tipi ajratiladi: 1) Sanotoriya - kurort tipidagi; 2) Turistik - sog'lomlashtirish tipidagi; 3) Sanotoriya - turistik - sog'lomlashtirish tipidagi; 4) Ov qilish - baliq tutish tipidagi; 5) Turistik - sog'lomlashtirish tipidagi - ov qilish - baliq tutish tipidagi. Hududiy turistik majmualarga A.S. Soliyev va M.R. Usmonovlar (Turizm geografiyasi, 38b.) quyidagicha ta'rif berishgan: HTM - ma'lum bir hududda yagona infratuzilma asosida turli turistik obyektlarning o'zaro aloqadorlikda rivojlanishi va uni boshqarishini anglatadi. HTM va HRT bilan o'zaro chambarchas bog'liq, ammo ular o'rtasidagi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: docx