O'zbekistonning agrosanoat majmui Reja: 1. Agrosanoat kompleksi O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog'i ekanligi: 2. Agrosanoat majmuasini shakllanishiga ta'sir ko'rsatadigan omillar. 3. O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasining asosiy tarmoqlariga umumiy ta'rif; 4. O'zbekiston dehqonchilik tarmoqlariga umumiy ta'rif; 5. O'zbekiston chorvachilik tarmoqlariga umumiy ta'rif; 6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublika agrosanoat majmuasini rivojlantirish muammolari; Agrosanoat majmui Respublika xalq xo'jaligining muhim tarkibiy qismi bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va iste'molchilarga yetkazishda qatnashadigan tarmoqlarni o'z ichiga oladi. ASMning birinchi tarkibiy qismi qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish qurollari bilan ta'minlaydigan sanoat tarmoqlari, ikkinchi ya'ni asosiy tarkibiy qismi qishloq xo'jaligining o'zi va uchinchi tarkibiy qismi qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlaridir. ASM ning birinchi tarkibiy qismi sanoat majmuiga yoritilgan. Agrosanoat majmui oldida Respublika aholisini oziq-ovqat, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash vazifalari turadi. ASM tarmoqlarida Respublika iqtisodiy faol aholisining katta (47%) qismi ishlaydi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuini yanada taraqqiy tuzilma o'zgarishlarni amalga oshirish zarur. Paxtachilik, chorvachilik umuman qishloq xo'jalik mahsulotlarining asosiy qismini Respublika hududida qayta ishlash kerak. Qishloqlarda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar jiddiy ravishda o'zgarmoqda, jamoa va davlat xo'jaliklari xo'jalik hisobiga o'tib ishlamoqdalar. Yerlarga brigada, zveno va oilaviy ijara pudrati usulida ishlov berilmoqda. Fermer xo'jaliklar tashkil qilinmoqda. Qishloq xo'jalik mahsulotlarni saqlash uchun yangi omborxonalar, sovuqxonalar qurish jiddiy vazifa bo'lib turibdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining davlat xaridi narxlarini zamon talablari darajasiga ko'tarish, shu yo'l bilan ASM xodimlarining turmush sharoitini tuzatish kun tartibidagi muammodir. Ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini to'liq amalga oshirib, paxta hokimligidan qutilish va chorvachilik uchun yem-xashak bazasini kengaytirish talab etiladi. Agrosanoat majmuining asosiy qismi Respublika qishloq xo'jaligidir. Qishloq xo'jalik geografiyasi. Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotining muhim va yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, unda aholining 13 qismiga yaqini banddir. O'zbekistonning iqlimi, yer, suv va mehnat resurslari qishloq xo'jaligining muhim serdaromad va ko'p mehnat talab qiladigan paxtachilik, pillachilik, lubkorlik, sholikorlik, uzumchilik, bog'dorchilik, sabzavot, polizchilik, qorako'lchilik kabi tarmoqlarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan. Bular Respublika qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridir. Turkistonda paxta o'lka jami qishloq xo'jalik mahsulotining 40%ni tashkil qilgan. Hozirgi O'zbekiston hududida 1913 yilda hammasi bo'lib 517.2 ming tonna paxta yig'ib olingan. O'rtacha hosildorlik gektar boshiga 12.2 sentnerdan oshmagan. Iqtisodiy qoloqlik, mustamlaka siyosati O'zbekistonning qulay iqlimi, unumdor yer va suv resurslarida samarali va oqilona foydalanish imkonini bermasdi. 1924-1928 yillarda o'lkada irrigasiya ishlariga 61.4 mln.so'm sarf qilindi. Natijada Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarining bir qancha rayonlarida irrigasiya tizimlari tiklanib qayta qurildi. Birinchi besh yillik (1928-1932 yillar) davrida yoppasiga jamoa xo'jaliklari tuzildi. 1932 yilga kelib 82% dehqon xo'jaliklari jamoa va sho'ro xo'jaliklariga birlashdi, ikkinchi besh yillikda yoppasiga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.36 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.36 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: doc