O'zbekistonning geoekologik muammolari

O'zbekistonning geoekologik muammolari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning geoekologik muammolari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning geoekologik muammolari 10-sing Geografiya darsligi asosida 33 § - mavzu Geoekologik muammolar Geoekologik muammolarning turlari O'zbekistondagi lokal geoekologik muammolar Geoekologik muammolarni yechimining ilmiy asoslari Reja: Geoekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiylari: vulqon otilishi, zilzila, surilma, ko'chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, yong'inlar va boshqalar. Geoekologik muammolar - insonlarning sog'ligi va xo'jalik faoliyatiga salbiy ta'sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammo qotib qolgan, o'zgarmas holat bo'lmay, balki muntazam ravishda o'zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko'p sonli oddiy muammolar tizimidir. Geoekologik muammolarni bir qancha ko'rsatkichlar (xo'jalik sohalari bilan bog'liq, egallagan maydoni bo'yicha, oqibatiga ko'ra, kelib chiqish omillari) bo'yicha tasniflash mumkin, lekin yuqorida ta'kidlaganimizdek, geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib shakllanadi. Sayyoraviy geoekologik muammolar - butun geografik qobiq doirasida ro'y beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta'sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Regional geoekologik muammolar - egallagan maydoniga ko'ra global geoekologik muammolardan kichikroq bo'lib, ko'pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo'ladi. Orol va Orolbo'yi muammosi O'zbekiston va qo'shni Respublikalar hududida joylashgan regional geoekologik muammodir. Ushbu muammolarning yechimi tizimli tahlilga bog'liq. Tizimli tahlil natijasida muammoning asosiy xususiyatlari, ko'lami, rivojlanish bosqichlari, yo'nalishlari, sabablari va omillari, oqibatlari va boshqalar ayon bo'ladi. Hududiy prinsipni qo'llash, muammoning hududiy miqyosini aniqlashga, uning rivojlanish chegaralarini, tarqalish arealini ajratishga imkon beradi. Geotizimli prinsip geoekologik muammoni o'rganish uchun geografik asos hisoblanadi, chunki u hududning tuzilishi to'g'risida axborot berish bilan birga uning qanday tabiiy xususiyatlarga, resurslarga ega ekanligi haqida ma'lumotlarni olishga imkon beradi. Ekologik prinsipning qo'llanilishi tirik organizmlar, jumladan insonning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalari, ta'siri va munosabatda bo'lishi nazarda tutilganligi bilan bog'liq. Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda, avvalo, dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aholining yashash sharoiti va sog'ligini ham avvalgi holatiga olib kelish lozim. Lokal geoekologik muammolar yechimi eng sodda muammolar bo'lib, ularni bartaraf etishda, eng avvalo, geoekologik muammoli hududning tabiiy geografik sharoiti va tabiiy qonuniyatlari chuqur o'rganilishi lozim. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga