O'zbekistonning geografik o'rni va ma'muriy - hududiy tuzilishi

O'zbekistonning geografik o'rni va ma'muriy - hududiy tuzilishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning geografik o'rni va ma'muriy - hududiy tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning geografik o'rni va ma'muriy-hududiy tuzilishi 8-sinf geografiya darsligi asosida 1-mavzu: Siz endi oldingi sinfl arda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma'lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu bilimlarni o'rganadigan fan iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritiladi. U aholi faoliya tining hududiy tashkil etilishi bilan bog'liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat bo'yicha ham, butun jahon miqyosida ham o'rganadi. Ushbu o'quv yilida jonajon Vatanimiz - O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o'rganasiz. Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani, ta'lim muassasasi yoki maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari puxta o'ylan masdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag'ni behuda sarflashga majbur qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga salbiy ta'sir etadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bo'lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta'minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatilishiga ham bog'liq. Agar xomashyo, yoqilg'i, energiya manbalari va ishchilar o'zaro yonma-yon joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta'minlanadi. Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba'zi joylarda xomashyo yetishmasa, boshqa joyda yoqilg'i, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida e'tibor beriladi. O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini aholi va tabiiy sharoit bilan o'zaro aloqador holda o'rganib, uni hududiy tashkil etishning umumiy tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslaydi. 8-sinf geografiyasi sizni mamlakatimizda ijtimoiy mehnat unumdor-ligini oshirishga, tabiiy resurslarni muhofaza qilishga va umuman aholi turmushining farovonlashuviga yordam beruvchi geografik bilimlаr bilаn qurоllаntirаdi. Shuningdеk, gеоgrаfik bilimingizni oshirishda turli manbalardan mustaqil foydalanish usullarini tarkib toptiradi. Bu fan xulosalari uchun asos bo'lgan ma'lumotlar-daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas o'zgarib boradi. Darslikda keltirilgan raqamli ma'lumotlar, rasm, xarita-sxemalardagi ma'lumotlar va hatto joy nomlari ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bo'lib turishni taqozo etadi. Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga o'tishdek murakkab va keng qamrovli jarayon kechmoqda. Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi hamda ularning yechimini topishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 872.45 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 872.45 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga