O'zbekistonning geografik o'rni chegaralari va tabiatining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Xarita O'zbekistonning geografik o'rni, siyosiy-ma'muriy Tabiy xarita Xarita O'zbekistonning geografik o'rni, siyosiy-ma'muriy O'zbekiston Respublikasi shimoliy yarim sharda, Yevrosiyo materigining o'rtasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida, mo'tadil va subtropik mintaqalarida, okeanlardan ancha uzoqda, janub va sharq tomonlaridan baland tog'lar bilan o'ralgan berk havzada joylashgan. Shuning uchun O'zbekistonda u bilan bir xil kengliklarda joylashgan O'rta dengiz bo'yidagi subtropik sharoitga ega bo'lgan mamlakatlardan katta farq qiladigan o'ziga xos tabiiy sharoit tarkib topgan.O'zbekiston hududi iliq Hind okeaniga yaqin tursa ham (200 km) orada baland tog'lar bo'lgani uchun uning ta'siridan bahramand emas. Uning iliq, nam havo massalari O'zbekistonga etib kelmaydi. Aksincha ancha olisda joylashgan Arktikaning quruq sovuq havo massalari Respublikamiz shimolida tabiiy to'siq-tog'lar bo'lmagani uchun bu yerga bemalol kirib keladi. Respublikamizdan 400 km shimoli-g'arbda joydashgan Atlantika okeani g'arbiy shamollar tufayli o'lkamiz tabiatiga ancha kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tinch okean ancha uzoqda ekanligi uchun Respublikamiz tabiatiga amalda ta'sir etmaydi. Yuqorida keltirilgan vaziyat o'lkamiz qishining ancha sovuq, yozining jazirama issiq kelishiga sabab bo'ladi. Hududining ana shunday o'ziga xos geografik o'rniga ko'ra Respublikamizda cho'l, chala cho'l hamda quruq dashtlar katta maydonni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi hududi 448,96 ming km2 (yoki 44896,9 ming gektar) bo'lib, maydonining kattaligi bo'yicha jahondagi 130 dan ortiq mamlakatlardan oldinda, Mustaqil davlatlar hamdo'stligida esa beshinchi o'rinda (Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Turkmanistondan keyin) turadi. Respublikamizning chekka shimoliy nuqtasi 450 361; janubiysi esa 370 11; shimoliy kenglikda yotsa, g'arbiy chekka nuqtasi 560 va sharqiy chekka nuqtasi 730101; sharqiy uzoqliklarda joylashgan. O'zbekiston hududi shimoldan janubga tomon meridian bo'ylab 930 km.ga, g'arbdan sharqqa geografik uzunlik bo'ylab 1425 km.ga cho'zilgan. Tabiy xarita O'zbekiston chegaralari asosan quruqlikdan, ozgina qismi Amudaryo va Orol dengizi orqali o'tadi. Uning uzunligi 5300 km dan ortiqroq bo'lib, shundan 2100 km. dan ko'prog'i Qozog'istonga to'g'ri keladi. Bu chegara shimolda, sharqda va shimoliy-g'arbda tekisliklar va platolar orqali, uning eng chekka janubi-sharqiy qismi Qorjantog' va Ugam tizmalari orqali o'tadi. Sharqda Qirg'iziston bilan chegara esa Piskom, Chotqol tog' tizmalari, Farg'ona va Oloy tog' tizmalarining etaklaridan, Tojikiston bilan esa Qurama, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalari bo'ylab o'tadi. O'zbekistonning janubiy chegarasi Amudaryo orqali o'tib, uni Afg'onistondan ajratsa, g'arbiy va janubi-g'arbiy chegarasi asosan tekislikdan o'tib, O'zbekistonni Turkmanistondan ajratib turadi. O'zbekiston chegarasining asosiy qismi tekisliklarga to'g'ri kelishi transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun qulaylik tug'diradi. O'zbekiston xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish nuqtai-nazaridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan ancha o'ziga xos geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li O'zbekiston orqali o'tgan. Bu yerda savdo yo'llari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.64 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.64 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:56 ]
Arxiv ichida: docx