8-sinf geografiya darsligi asosida 2-mavzu: O'zbekistonning geografik o'rni Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining o'ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o'rnidir. Bular geografik o'rin deb ataladi. Geografik o'rin mohiyatan tabiiy geografik o'rin, iqtisodiy geografik o'rin va siyosiy geografik o'rin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik o'rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog', cho'l, o'rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o'rniga ko'ra belgilansa, iqtisodiy geografik o'rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo'llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o'rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro'y berayotgan yoki ro'y berishi mumkin bo'lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko'ra baholanadi. Geografik obyektlar o'zaro aloqador bo'ladi. Ana shu aloqadorlik ko'lamiga muvofiq geografik o'rin mikro, mezo, makro miqyosda namoyon bo'ladi. Endi Vatanimiz O'zbekistonning geografik o'rnidagi o'ziga xos jihatlar, uni belgilovchi omillarni ko'rib chiqaylik. Tabiiy geografik o'rni. O'lkamiz ob-havosi yilning talay qismida ochiq va quruq bo'ladi. E'tibor qilinsa, O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi «Serquyosh hur o'lkam» deya boshlanadi. Tabiiy geografik o'rin sharofati ila serquyosh va issiq kunlarning uzoq davom etishi mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, transport va maishiy hayotda mehnat va moliyaviy sarf-xarajatlarning tejalishiga imkon beradi. Bulutsiz osmonimiz astronomik tadqiqotlarda ham qo'l keladi. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg'oniy, Mirzo Ulug'bekdek koinot bilimdonlari bizning yurtdan chiqqani bejiz emas. Iqtisodiy geografik o'rni. Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtisodiy aloqalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o'rin imkoniyatlariga bog'liq. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo yo'llari muhim omil bo'lgan. Iqtisodiy geografik o'rin imkoniyatlari davr o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi, transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo'ladi. Buni yurtimiz iqtisodiy geografik o'rnida ro'y bergan o'zgarishlar misolida ko'rib chiqamiz. Ma'lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G'arb (Yevropamamlakatlari) bilan bog'lab turgan asosiy savdo yo'li - «Buyuk Ipak yo'li» O'rta Osiyo orqali o'tgan. Natijada O'rta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunar mandchilik va dehqon chilikning taraq qiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravna qiga jiddiy turtki bo'lgan. Keyinchalik Sharq bilan G'arb o'rtasidagi savdo yo'llari quruq likdan dengiz-okeanlarga ko'chgach, O'rta Osiyo iqtisodiy geografik o'rnidagi qulaylik barham topgan. XIX asr oxirlarida O'rta Osiyoda temir yo'l qurildi. Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryo'l orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan bog'lanib, O'zbekiston hududining iqtisodiy geografik o'rni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:56 ]
Arxiv ichida: ppt