O'zbekistonning geosiyosiy o'rni va kelajagi haqida ma'lumot

O'zbekistonning geosiyosiy o'rni va kelajagi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning geosiyosiy o'rni va kelajagi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning geosiyosiy o'rni va kelajagi Reja: O'zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida O'zbekistonning jahon xo'jaligida tutgan o'rni O'zbekistonning geosiyosiy o'rni O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyoning markazida joylashgan bo'lib, hududi shimoli - g'arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg'oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi - sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor - Oloy tog'larigacha cho'zilgan.Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho'qqilar, baland tog' muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepayon cho'l va qir - adirlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o'rta qismini ishqol qiladi. Uning maydoni 448,7 ming km 2. Hududiy kattaligiga ko'ra u Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalaridan keyin uchinchi o'rinda turadi. hududi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa cho'zilgan bo'lib, uning chekka o'lkalari o'rtasidagi masofa g'arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km ni tashkil qiladi,chegaralarining umumiy uzunligi esa 6121 kmdan ortiq. O'zbekiston Respublikasi g'arbiy va sharqiy tomonlarda Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan, shuningdek, shimolda katta masofada Qozog'iston Respublikasi bilan chegaradosh. Uni janubiy tomondan Amudaryo orqali Afg'oniston davlati o'rab turadi. Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha qulayliklarga ega. Respublika janubdan Afg'oniston bilan chegaradoshligi tufayli, ushbu davlat bilan va u orqali unga yaqin bo'lgan Hind okeani havzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston va Hindiston bilan har taraflama keng o'zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda. O'zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o'xshash bo'lgan Markaziy Osiyo Respublikalari bilan tutashganligi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo'lga qo'yish, xilma xil va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, Respublikalar bilan tutashgan qo'shni hududlarida) birgalikda foydalanish orqali Respublikalararo hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning ijobiy yakunlaridandir. O'zbekiston Respublikasi chegaralarining muhim xususiyatlaridan biri ularning aksariyat tekisliklar orqali o'tishidir. Hatto uning bilan ulkan tog'li o'lkalari - Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalari o'rtasidagi chegaralar ham asosan qulay tog' oraliq vodiylari yoki u qadar baland bo'lmagan tog' tizmalari orqali o'tgan. Ularni bog'lab turadigan transport yo'llari shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o'zlashtirilgan hududlar orqali tashkil etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki bu qo'shni Respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada qo'shimcha qulayliklar tug'diradi.Umuman iqtisodiy-geografik o'ringa baho berishda O'zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish taqlil qilish muqimdir. Respublikamiz iqtisodiy-geografik o'rnining makro-geografik mavqeini belgilovchi bu holat aynan jahon ko'lamida, ya'ni qaror topayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining markaziy rayonlari hamda turli qit'a va mintaqalarda joylashgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish imkoniyatlari doirasida qarab chiqilmog'i kerak. O'zbekiston Respublikasining yetuk darajada iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini beradigan ishlab chiqarish texnologiyalariga bo'lgan ehtiyoji dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan o'zaro teng manfaatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.68 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.68 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga