O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasi

O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasi Reja: O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari O'zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Qashqadaryo viloyati - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. 1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qo'shib yuborildi. 1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo'shildi. 1964 yil 7 fevraldan yangidan tashkil etildi. Respublikaning janubiy-g'arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay tog' sistemasining g'arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma tog'lari orasida. Shimoliy-g'arbdan Buxoro, janubiy-sharqdan Surxondaryo, janubiy-g'arb va g'arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km2. Tarkibida 13 ta tuman (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Qarshi, G'uzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G'uzor), 5 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog', Qashqadaryo, Shayhali), 491 ta mahalla fuqarolar yig'ini, 147 ta qishloq fuqarolari yig'ini, 1046 ta qishloqlar bor (2014). Markazi - Qarshi shahri. Qashqadaryo mamlakatimizning eng boy tarixga, rivojlangan madaniyatga, serhosil zaminga ega bo'lgan qadimiy o'lkalardan biridir. Qashqadaryo Zarafshon va Amudaryo daryolari oralig'ida joylashgan, qadimda Janubiy So'g'd, Janubiy Turon deya nomlangan, dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay iqlim va suv sharoitiga, o'ziga xos go'zal tabiatiga ega bo'lgan bu voha qadimdanoq ko'plarning e'tiborini jalb etgan. Qashqadaryo viloyati O'zbekiston mamlakatining yirik tekisliklar, cho'l, tog' va tog'oldi hududlariga, o'ziga xos tabiiy va iqlim sharoitiga ega bo'lgan viloyatlardan biridir. U shimoldan Samarqand, shimoli-g'arbdan Buxoro, sharq va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Shimoli-sharq qismidan Tojikiston, g'arbiy qismidan esa Turkmaniston mamlakatlari chegaralari o'tadi. Ummiy sarhadlarining uzunligi 795 kilometrni tashkil etib, shuning 400 kilometri tog' tizmalari orqali o'tadi. Uning jami hududi 28,4 ming kvadrat kilometr bo'lib, Respublika yer maydonining 6,3 foizini tashkil etadi. U joylashgan o'rni jihatdan Albaniya, Niderlandiya, Belgiya, Armaniston mamlakatlari bilan tengdir. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botig'ini o'z ichiga olgan. Shimoliy, sharqiy va janubiy sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma tog'lari bilan o'ralgan. Tog'lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi g'arbda Sandiqli va Qizilqum cho'llari bilan tutashgan Qarshi cho'lidan iborat. Asosiy daryosi - Qashqadaryo. Uning irmoqlari - Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog'daryo, Tanxozdaryo, G'uzordaryo (Katta va Kichik O'radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomg'ir va muzliklar suvidan to'yinadi. Daryo suvidan, asosan, sug'orishda foydalaniladi. Chimqo'rg'on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibog', Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqa kanallar bor. Qarshi cho'lini o'zlashtirishda 6 nasos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.82 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.82 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga