O'zbekistonning mashinasozlik majmui tarmoqlari geografiyasi Reja: 1. Mashinasozlik sanoatining mamlakat xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 2.Mashinasozlik sanoati tarmoqlarini joylashish xususiyatlari. 3. O'zbekistonning asosiy mashinasozlik tarmoqlarini hududiy joylashishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida mashinasozlik sanoati tarmoqlarini rivojlanish muammolari va istiqbollari. Mashinasozlik sanoatining mamlakat xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Mustaqil Respublikamizning mustaqilligini saqlashda va mustahkamlashda mashinasozlik sanoatini rivojlantirishning ahamiyati beqiyosdir. Uning ahamiyati shu bilan belgilanadi-ki, mashinasozlik xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, samaradorligini ko'tarishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatlar va rayonlar iqtisodiyotining, umuman xalq xo'jaligining taraqqiyot darajasi mashinasozlikning rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Agar dunyo mashinasozlik sanoati ishlab chiqarishga nazar tashlaydigan bo'lsak bunga amin bo'lamiz. 199 yili butun dunyo sanoat ishlab chiqarishining 36-38%i mashinasozlik sanoati tarmoqlari hissasiga to'g'ri kelgan. AQSHda 199 yili ishlab chiqarilgan mashinasozlik mahsuloti butun qayta ishlovchi sanoatning 36%ini tashkil etgan, eksportning esa 48%i mashinasozlik mahsulotlariga to'g'ri kelgan. Yaponiyada esa qayta ishlovchi sanoatning 37%i, eksportning esa 64%i mashinasozlik mahsulotlariga to'g'ri kelgan. Yuqoridagi misollardan mamlakatlar iqtisodiyotini qay darajada rivojlanganligini o'sha mamlakatlardagi mashinasozlik sanoatining rivojlanganligi darajasiga qarab bilib olishimiz mumkin. 2005 yilda O'zbekistonda butun sanoat ishlab chiqarishning 13,8%i mashinasozlik hissasiga to'g'ri keldi. Umuman O'zbekistonda ko'p tarmoqli mashinasozlik kompleksi shakllangandir. Uning tarkibida 300 dan ortiq korxonalar bo'lib, ulardan 70 tasi yirik mashinasozlik zavodlaridir. Butun sanoatda band bo'lganlarning 30% dan ortiqrogi mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatiga to'g'ri keladi. Faqat mashinasozlik tarmoqlariga esa butun sanoat tarmoqlarida band bo'lganlarning 17,4%i to'g'ri keladi. Respublikaning zamonaviy mashinasozlik sanoati ma'lum ilmiy-tehnik quvvatlar bilan ifodalanadi. Hozirgi vaqtda 14 ta davlat konstruktorlik va loyihalash-tehnologik byuro'larida paxtachilik va paxta tozalash sanoati, bog'dorchilik, pillachilik, irrigatsiya va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarini mehanizatsiyalashtirish uchun yangi mashinalar, asboblar, apparatlar ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqdalar. Yana shu narsani ta'kidlash joizki mashinasozlikni rivojlanishi O'zbekiston uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Ma'lumki aksariyat mashinasozlik tarmoqlari juda sermehnat bo'lib, O'zbekiston singari mehnat resurslari tez ko'payib borayotgan davlatlarda aholini band bo'lishida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa radiotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, kompyuterlar, televizorlar ishlab chiqarish, elektron hisoblash mashinalari va boshqalar shular jumlasidandir. Mashinasozlik sanoati tarmoqlarini joylashish xususiyatlari. Mashinasozlik sanoati korxonalari ko'p mehnat, ko'p material, ko'p elektr energiya, ko'p fond talab qiluvchi xususiyatlariga ko'ra joylashadi. Undan tashqari O'zbekistonda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi, joylanishi, tarkibining o'zgarishida urush davri va urushdan keyingi davr o'ziga hos bir bosqich bo'lib qoldi. Chunki II jahon urushi davrida mamlakatimiz mashinasozligining rivojlanish sur'atlari va darajasi hamda ixtisosi butunlay o'zgaradi. Urush yillarida sobiq Ittifoqning g'arbiy rayonlaridagi qator mashinasozlik zavodlari evakuatsiya qilinib O'zbekiston hududida joylashtirildi. Keltirilgan zavodlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:56 ]
Arxiv ichida: doc