O'zbekistonning qishloq xo'jalik tarmoqlari geografiyasi Reja: 1. Qishloq xo'jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari 2.Ziroatchilikning muhim tarmoqlarini joylashishi va rivojlanishi 3.Chorvachilikning asosiy tarmoqlarini joylashishi va rivojlanishi Qishloq xo'jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari. Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qishloq xo'jaligi sohasi ham o'ziga xos o'rinini egallaydi va ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Yer yuzida qishloq xo'jaligi, hech bo'lmaganda uning biron-bir sohasi bilan shug'ullanmaydigan mamlakatni uchratish mushkul bo'lsa kerak. Ma'lumki, qishloq xo'jaligi aholining turli-tuman noz-ne'matlari, qator sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta'minlab turadi. Qishloq joylarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasiga suyanish zamonaviy agrotexnikadan keng foydalanish, seleksiya va urug'chilik va dehqonchilik madaniyatida jahondagi ilg'or tajribalaridan oqilona foydalanish tufayli qishloq xo'jaligining aksariyat tarmoqlarida yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirish iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda mustaqil O'zbekiston oldida turgan qator muhim vazifalarni hal etishga imkon yaratdi. Qishloq xo'jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish darajasiga qarab mustaqil Respublikamizning kelajagi qanday bo'lishi aniqlanadi. Shunga ko'ra mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish sohasining yirik mexanizatsiyalashgan tarmog'i bo'lib hisoblangan qishloq xo'jaligiga e'tibor kuchayib bormoqda. Qulay tabiiy sharoit, mehnatsevar xalqimizning malakasi qishloq xo'jaligi oldida turgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Mustaqillikning o'tgan davri ichida mamlakatimizning turli jabhalarida bo'lgani kabi qishloq xo'jaligida ham tub o'zgarishlar ro'y berdi. Eng avvalo o'lkamizning iqtisodiy mustaqilligini va aholi turmushi farovonligi darajasini ko'tarish, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini vujudga keltirish va birin-ketin hayotga tadbiq etila boshladi. Natijada o'tmishdan qolgan boshqaruv uslubiga asoslangan davlat xo'jaliklari tugatilib, qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat ko'rsatishi lozim bo'lgan jamoalar qayta tashkil etildi. Ular o'rniga bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat xo'jaliklari, fermer xo'jaligi va dehqon xo'jaligi tizimi tarkib topdi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning aynan shu ko'rinishi Respublika qishloq xo'jaligining asosiga aylandi. 2006- yil ma'lumotlariga qaraganda qishloq xo'jaligiga (o'rmon xo'jaligi qo'shib hisoblanganda ) ish bilan band bo'lgan barcha aholining 33,6 foizi to'g'ri keladi. Ziroatchilikning muhim tarmoqlarini joylashishi va rivojlanishi. O'ziga xos tabiiy sharoitga ega bolgan O'zbekistonda qishloq xo'jaligi va uning yetakchi tarmogi bo'lgan paxtachilikda asosan sun'iy sug'orishdan keng foydalaniladi. Biroq shuni ham aytish kerakki, sug'oriladigan yerlarning salmog'i uncha katta emas - barcha dehqonchilik yerlarning 15 foizini tashkil etadi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, sug'oriladigan bunday yerlar 4,2 million gektarni tashkil etadi. Dehqonchilik qilinadigan yerlarning ko'pchilik qismini saxro va chala saxrolar egallagan. Qishloq xo'jaligi ekinlari maydoni (barcha xo'jaliklarda ming gektar hisobida) Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida paxtachilik uning yetakchi tarmog'iga aylangan bo'lib, shu bilan bir qatorda sholikorlik, bog'dorchilik, uzumchilik, ipakchilik, chorvachilik ham taraqqiy etgan. Qishloq xo'jaligida yetakchi o'rinni egallagan paxtachilik tabiiy va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.98 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.98 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:56 ]
Arxiv ichida: docx