O'zbekistonning sovet davridagi tarixiy geografiyasi

O'zbekistonning sovet davridagi tarixiy geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning sovet davridagi tarixiy geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning sovet davridagi tarixiy geografiyasi Reja: Oktyabr to'ntarishidan keyingi iqtisodiy o'zgarishlar. Ma'muriy - hududiy chegaralanish. Kolxozlashtirish. Qishloq xo'jaligi. Ekologik muammolar. Sanoatning bir tomonlama rivojlanishi. Bolshevoylar dohiysi Sho'ro Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo'ydi. Ammo O'zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda - Markaz manfaati asosida amalga oshirildi. 1925 yil dekabrda VKP (b) XIV s'yezdi «sosialistik industrlashtirish» yo'lini avj oldirishni e'lon qildi. Stalin rahnamoligidagi o'ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur'atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag'larni qishloq xo'jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muholiflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo'jaligida kooperasiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Biroq, bu yo'l keskin rad etildi.Oqibatda sanoatlashtirishning subyektivlashtirishga asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O'zbekistonda ham bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Shu bilan birga Respublikamizda uning salbiy ko'rinishlari o'lkaning o'ziga xos iqtisodiy ahvoli tufayli yanadi ortdi. Eng asosiysi - SSR ning xalq xo'jalik majmuida O'zbekistonnig roli va o'rni ittifoq hukumati tomonidan majburan belgilab berildi. Lekin O'zbekiston uchun sanoati qurilishining keng sur'atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki, Respublika iqtisodiyoti 20-30 yillar chegarasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda O'zbekiston xalq xo'jaligida qishloq xo'jaligining salmog'i 61,6 % , sanoatning salmog'i 38,4 % tashkil etar, shu bilan sanoat ishlab chiqarishning 90 % qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Garchi hayot muammolar bilan to'lib-toshib ketgan bo'lsada, besh yillik rejalarda xalq yelkasiga asossiz va amaliy jihatdan bajarib bo'lmaydigan vazifalar yuklangan bo'lsa-da, O'zbekiston xalqi o'z kuch-qudratini, idroki va mahoratini to'liq namoyon qildi. Birinchi besh yillik (1928-1932) davrida O'zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning ishlab chiqarish fondlari uch barobar, neft qazib chiqarish 2,5 barobar, metal ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari 6 barobar, sement ishlab chiqarish uch yarim barobar ortdi. Ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Urushdan oldingi uchinchi besh yillikda sanoat rivojlanishida yangi qadam qo'yildi. Urushning boshlanishiga kelib 134 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Urushdan oldingi besh yilliklar davrida sanoatning xalq xo'jaligida egallagan salmog'i 1928 yildagi 43 % dan 1940 yilda 70% ga yetdi. Urush arafasiga kelib sanoat potensiali 1445 ta yirik va o'rtacha sanoat korxonalarini o'z ichiga olar edi. 1925 -1940 yillarda qurilib ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo'zsuv GESi, Samarqand, Buxoro, Qo'qon, Termiz, Asaka shaharlarida issiqlik elektrostansiyalari, Toshkent, Samarqand, Buxorodagi to'qimachilik fabrikalari, Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozlik zavodi, Farg'ona ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.55 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.55 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga