MUNDARIJA K I R I SH Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash masalalari dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Qishloq xo'jaligida sug'oriladigan, lalmi yerlar va yaylovlardan to'g'ri foydalanish, meliorativ holatini yaxshilashni tashkil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. 1992 yil Rio - de - Janeyroda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof - tabiiy muhit va taraqqiyot muammosi ga bag'ishlangan maxsus Xalqaro Konferensiyasi bo'lib o'tdi. Bu konferensiyada dunyoning 200 ga yaqin davlatlari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdi. Konferensiyaning eng muhim natijasi - Insoniyat bundan keyingi an'anaviy model bilan rivojlana olmaydi , shuning uchun Barqaror rivojlanish modeli ga o'tish zarurligi bo'yicha qaror qabul qilindi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi hozirgi davrdagi dunyoqarash va planetamizda yangicha hayot tarziga amaliy tavsiya va dastur deb qaraladi. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati Barqaror rivojlanish konsepsiyasini qabul qilib davlat dasturiga kiritganlar. Shu jumladan O'zbekiston respublikasi ham 1997 yil 12 - noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining Barqaror rivojlanish konsepsiyasi bo'yicha qarorini qabul qildi va maxsus milliy komissiya tuzildi. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2007 yil 29 -oktyabrdagi Yerning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risidagi Farmoni asosida 2008 - 2012 yillarga mo'ljallangan sug'oriladiganyerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan Davlat dasturi va 2008 yil 20 - oktyabrdagi Oziq - ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish a ularni yetishtirishni ko'paytirish chora - tadbirlari to'g'risida gi maxsus farmonlarini amalga oshirish zarurligi bilan belgilanadi. Keyingi yillarda dynyo miqyosida unumdor yerlar miqdori kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Suv va shamol eroziyasi, sho'rlanish va cho'llashish jarayonlari, hamda antropogen ta'sir natijasida yer resurslarining ifloslanishi kuchaymoqda. Shunga bog'liq holda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholab, eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni o'rganish ishning dolzarbligini bildiradi. Bitiruv malakaviy ishning ob'ekti va predmeti. Qashqadaryo viloyatining sug'orma dehqonchilik qilinadigan hududlari tanlab olingan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifasi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo'lib, Qashqadaryo viloyati xo'jaliklarida sug'orma dehqonchilik qilinadigan hududlari belgilab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bo'yicha bajarish belgilangan: -tabiatdan foydalanishning geografik asoslari; -tuproqning paydo bо'lishi haqida tushuncha; -tuproq eroziyasining yuzaga kelishi va uning salbiy jihatlari; -tuproq eroziyasining oldini olish va unga qarshi kurash choralari; -sug'oriladigan dehqonchilik zonalarida tuproq eroziyasi; - cho'llashish jarayoni; - sug'oriladigan hududlarda eroziyaga qarshi kurash choralari; - sug'oriladigan hududlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda eroziya jarayonlarini oldini olishning chora -tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari nomli kitobida yerdan foydalanish haqida quyidagicha ta'kidlagan: ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
719.85 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
719.85 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: doc