O'zbekistonning suv boyliklari, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish Reja: 1 Suv resurslari haqida 2 Suv resurslarining tabiiy va antropogen omillar ta'sirida sarflanishi 3 Suv resurslarini muhofaza qilish 1 Suv resurslari haqida. Suv, Yer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, hozirgi kunda tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib bo'lmaydi. Bu bilan birga «suv resurslari» tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya faqatgina tabiatga xos bulmay balki ijtimoiy-tarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o'zgarib turadi. hozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o'rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun'iy ravishda chuchuklashtirilgshan, tozalangan suvlardan iborat bo'lib, ayni paytda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va ishlatilishi mumkin bo'lgan suv manbalari yig'indisidir. Xajmi, miqdori, hosil bo'lish va joylashish o'rniga bog'lik holda suv manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo'linadi. xalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy (umuminsoniy) suv resurslari bir-biridan farqlanadi. Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurs qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zahirasi asrlar davoimda o'zgarmas bo'lishi va ikkinchidan, insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jihatjan o'z-o'zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo'lmasligi kerak. O'lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko'llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o'rtacha minerallashga suvlardan iborat. Bularga qushimcha ravishda muz osti va muz ko'llari suvlarini, termal (issiq) yer osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarining bir qismini, atmosfera yog'inlarini va tuproqdagi namlikni kiritish mumkin. Demak, joylashishi o'rniga ko'ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari bir-biridan farq qiladi. Lekin, ular o'zaro uzviy bog'langan. Quyida o'lkamizning yuza suv resurslari sifatida oqim hosil bo'lish joyida kelayotgan suv miqdori tushuniladi va ular daryolarning tog'lardan chiqish joyidagi suv o'lchash postlari ma'lumotlari asosida baholangan. Shu bilan birga o'lkamizda mavjud bo'lgan ko'llar va suv omborlarining suv resurslari, ularning tabiiy va antropogen omillar ta'sirida sarflanishi, suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritildi. Suv resurslarining daryolar havzalari boyicha taqsimlanishi. O'rta Osiyoning yuza suv resurslari o'lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog'liq holda g'oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog'lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko'pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qushilmaydi. O'lkamiz tog'larida sertarmoq daryolar, katta - kichik soy va jilg'alar juda ko'p. Tog'larni o'rab olgan tog'oldi tekisliklarida ancha zich bo'lgan sun'iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarak-atrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan ariqlardan va shuningdek zovur ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.16 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.16 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: doc