O'zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba'zi bir uslubiy masalalari

O'zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba'zi bir uslubiy masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba'zi bir uslubiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba'zi bir uslubiy masalalari Reja: Tabiiy geografik rayonlashtirsh Tabiiy geografik rayonlashtirish O'zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi Kompleks tabiiy geografik rayondaashtirish - tabiiy geografiyaning eng muhim birinchi darajali muammolaridan biri hisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan prino'ipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo'lishdan tashqari xalq xo'jaligining turli sohalari uchun ham amaliy ahamiyatga egadir. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilib, o'zgartirish, xalq xo'jaligini intensiv, rivojlantirish, xalq xo'jalik tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati ichidagi tafovutlarni har tomonlama va ilmiy jihatdan puxta bilishni taqozo etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish bu hududda ma'lum qonuniyat asosida joylashgan va tabiatda obyektiv mavjud bo'lgan, birbiridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy kompleksldrni aniqlashdir. Tabiiy-geografik rayonlashtirishiing prino'ipi bu tabii geografik bo'linishning obyektiv holda mavjudligiga birlik prino'ipi, komplekslik prino'ipi, obyektivlik prino'ipi, shgsbiy bir xillik prino'ipi, genetik prino'ipi va boshqa prino'iplari mavjud. Ma'lum hududni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirishda tadqiqotchilar har xil uslublardan foydalanishlari mumkin. Ularning eng muhimlari: turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslash uslubi landshaft va tipologik komplekslar xaritalaridan regional birliklarni aniqlash uslubi; xarakterli landshaft komplekslarining ustunlik uslubi; kartografik uslub; tabiiy geografik birliklarni bevosita dalada (joyda) aniqlash uslubiy. Tabiiy geografik rayonlashtirishning yana bir muhim tononi bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari (chizmasi) dir. Shu vaqtgacha O'zbekiston hududini rayonlashtirishning hamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo'q. Vaholanki Turkiston, jumladan O'zbekiston hududini tabiiy geografiq rayonlashtirish bilan L. S. Berg (1913), S. I. .Abolan (1929), V. M. Chetirkin (1944); E. M. Murzayev (1953, 1958), P. S. Makeyev (1956), L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) shug'ullanganlar va o'z taksonomik birliklarini tavsiya etganlar. Bular ichida L. N. Babushkin, N. A. Kogaylarning rayonlashtirish tizimi dikqatga sazovordir. Chunki ularning tabiiy geografik rayonlashtirish tizimi O'zbekiston hududini hamma qismini to'ligicha qamrab olgan. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turkistonning bir kismi hisoblangan O'zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda quyidagi taksonomik birliklar tizimini qo'llaydi: mamlakat (o'lka) - provino'iya - provino'iyacha - okrug - rayon-landshaft. L. N. Babushkin, N. A. Kogay rayonlashtirish tizimiga ko'ra O'zbekiston hududining asosiy qismi Turon provino'iyasiga kiradi. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turon provino'iyasini tekislik va tog' oldi - tog'lik deb ikki provino'iyachaga ajratadi. Tekislik provino'iyachasiga Ustyurgg, Quyi Amudaryo, Qizilqum va Quyi Zarafshon okruglarini; tog'oldi - tog'lik provino'iyachasiga esa O'rta Sirdaryo, Farg'ona, O'rta Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarini kiritadi. Har bir okrug o'z navbatida rayonlarga, rayonlar esa landshaftlarga bo'linadi. Biz O'zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda uni o'rta umumta'lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va talabalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.99 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.99 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga