O'zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodny rivojlanishi, ko'p jihatdan, uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga bog'lik. Ular birgalikda hududning tabiiy-resurs salohiyatini belgilaydi, bu salohiyat esa foydalanadigan tabiiy boyliklar bilan bir katorda, ulardan foydalanish mumkin bo'lgan imkoniyatlar, zaxiralardan tashkil topadi. Binobarin, odatda, tabiiy resurs salohiyat baholanayotganda nafaqat real borliq. balki imkoniyat xam nazarda tutiladi va bu imkoniyatlardan foydalanish mamlakat iqtisodiy rivojlanish istiqbollari asosida yotadi2. Ushbu mavzuning negizini tashkil kiladigan o'zak tushunchalar -tabiiy sharoit va tabiiy resurslarni, umumiy va xususiy jihatlarini tushunib olish zarur. Eng avvalo, takidlash lozimki, ar ikkitasida xam tabiiy so'zi bor; demak, ularning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlari asosan tabiiy, yani g'ayrinsoniy jarayonlar bilan bog'lik bo'ladi. Ammo jamiyat va fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishning rivojlanishi va aholi sonining o'sib borishi bilan tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga antropogen va texnogen omillar ta'siri kuchayib, natijada, bizni o'rab turgan atrof muhitning tabiiyligi borgan sari sun'iylashib boradi. Aynan ana shu tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning hududiy jihatlarini o'rganish geografiya fanining bosh falsafiy masalasi hasoblanadi. Albatta, har qanday ikkilik uchlikni keltirib chiqarayottanidsk, tabiat va jamiyatning o'zaro munosabatlari inson, aqoli orqali shakllanadi. Shu bois, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida ko'p rok uchlik, yani tabiat - aholi - xo'jalik (ishlab chiqarish) tizimi qo'llaniladi. Mazkur uchlik yoki geotrionlarning u yoki bu hududdagi holati, darajasi uning tabii, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik vaziyatini belgilaydi. Chunonchi, agar ularni piramidasimon tasvirlaydigan bo'lsak, Fargona vodiysida bu piramidaning pastki qismi, yani tabiati nozikroq, aholiey uzun (kalin qatlam), xo'jalik esa birmuncha qisqaroq ko'rinishni hosil qiladi. Ayni chog'da Qoraqalpog'iston Respublikasida esa buning aksini ko'rish mumkin (tabii sharoit va resurelari ko'p, aholisi kam, siyrak, iqtisodiyoti zaifroq). Tabii sharoit va tabii resurelarning umumiy jiqatlari bilan bir qatorda ularning o'zaro farqlari ham mavjud. Umuman olganda, tabii sharoit ko'proq muhit manosida tushuniladi, u ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi, undan moddiy nematlar yaratilmaydi; tabii sharoit aholi yashashi va ishlab chiqarishni joylashtirish uchun sifat ko'rsatkichlar kasb etadi, yani u qulay yoki noqulay bo'lishi mumkin. Masalan, joyning iqlimi, yer usti tuzilishi kabilar uning tabii sharoitini ifodalaydi. Tabii resurelar esa (resurs-zaxira, boylik) ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular miqdor ko'rsatkichlariga ega bo'ladi. Tabii resurelar tugaydigan va tugamaydigan qismlarga, tugaydiganlari esa, o'z navbatida, tiklanadigan va tiklanmayditanlarga bo'linadi. Chunonchi, o'rmon, suv, tuproq va boshqalar nisbatan uzoq muddatda qayta tiklanishi mumkin. Tabii resurelarning bunday xususiyatlari ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Birok unutmaslik lozimki, tabii geografik komponentlarning tabii sharoit yoki resurs ekanligi ulardan qaysi maqsadda foydalanishga bog'liq. Shu sababdan, malum bir ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: doc