O'zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari Reja: 1.Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri; 2.O'zbekistonning sobiq ittifoq davridagi tashqi iqtisodiy aloqalari; 3.O'zbekiston mustaqillik yillaridagi tashqi iqtisodiy aloqalarini o'sishi; 4.Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari; O'zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilingandan keyin uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi. O'zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo'jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o'z ishini boshlab yubordi. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo'shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo'linmalarini barpo etish, ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi ko'plab chet el firmalari bilan qo'shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo'shma korxonalar o'z mahsulotlarini bera boshladi. Sovplastital 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do'stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobilьь zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o'tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko'pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan beri tez sur'atlar bilan kengayib bormoqda. O'zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste'mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o'simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi. Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda. O'zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko'p miqdorda turli xalq iste'moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro'zg'or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan O'zbekistonga xalq iste'moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo'shni mamlakatlarda xo'jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O'zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo'jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to'qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo'natib turadi. O'zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo'jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko'maklashmoqda. Respublikamizning bir qancha oliy o'quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar. O'zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.03 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.03 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: doc