O'zbekistonning tog'oldi va tog' provinsiyachasi Toshkent-Mirzacho'l okrugi Reja: Geografik o'rni. Toshkent-Mirzacho'l okrugida eng past yerlar Toshkent-Mirzacho'l okrugidagi Sirdaryoning eng katta irmog'i Toshkent-Mirzacho'l okrugidagi Sirdaryoning eng katta irmog'i Bu okrug Sirdaryo vodiysining o'rta qismi, Chirchiq hamda Ohangaron vodiylarining quyi qismida joylashgan bo'lib, Toshkent-Mirzacho'l botig'ini o'z ichiga oladi. Okrug janub tomondan, Nurota, Molguzar va Turkiston tizmalari bilan, sharqdan Mo'rultog', Qurama toglari bilan, shimoli-sharqdan Chotqol, Qorjantog' tizmalarining tog' etaklari bilan o'ralgan. Shimol va g'arb tomondan okrugning chegarasi shartli ravishda O'zbekistonning Qozog'iston bilan bo'lgan davlat chegarasi orqali o'tadi. Janubi-sharqda esa 8 km kenglikdagi Xo'jand darvozasi orqali Farg'ona vodiysidan ajralib turadi. Toshkent-Mirzacho'l okrugi Sirdaryoning o'rta qismidagi qayir va ko'hna qayirlarni, ChirchiqOhangaron vodiysining quyi; qismlarini o'z ichiga oladi. Qo'shni Qizilqum okrugidan vujudga kelish tarixi, yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, sersuvligi, unumdor allyuvial va bo'z tuproqlarning mavjudligi bilan farq qiladi. ma'muriy jihatdan okrug hududida Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari joylashgan. Toshkent-Mirzacho'l okrugi geologik jihatdan G'arbiy Tyanshan va Turkiston megoantiklinali orasidagi sinklinalda joylashib, so'ngra Sirdaryo va uning doimiy hamda vaqtli irmoqlari keltirgan jinslar bilan to'ldirilgan. Okrug alhp tektonik jarayoni ta'sirida G'arbiy Tyanshan tog' tizimining qayta ko'tarilishi tufayli neogenning yuqori (pliotsenda) qismida quruqlikka aylangan. Faqat hozirgi Mirzacho'lning pastak yerlarida sayoz ko'llar qolgan, xolos. Shu sababli Mirzacho'lning bazi yerlarida ko'l yotqiziqlari ham uchraydi. Toshkent-Mirzacho'l okrugi asosan allyuvial jinslardan tashkil topgan, chunki Sirdaryo Farg'ona vodiysidan chiqib, tarmoqlarga bo'linib, Mirzacho'lda bir necha joylardan oqkan. Shuning uchun ham Mirzacho'lni Sirdaryoning ko'hna qayirida joylashgan desa xam bo'ladi. Bu yerdagi Sho'ro'zak, Sardoba, Qorao'y, Yorochota va boshqa botiqlar Sirdaryoning o'sha qadimiy o'zanlaridir. Toshkent-Mirzacho'l okrugi relef xususiyatlariga ko'ra ancha murakkab bo'lib, Sirdaryo vodiysiga tomon pasaya boradi: Mirzacho'l janubiy qismi (Xovos - Jizzax temir yo'l yaqinida) dengiz sathidan 373-385 m baland bo'lsa, Guliston shahri 276 m, Sirdaryo shahri 240 m. balandlikdadir. Sharq va shimoli-sharhqa tomon okrugning yer yuzasi balandlasha boradi: Chinoz 278 m, Yangiyo'l shahri 338 m, Bo'zsuvda Chirchiq vodiysining mutloq balandligi 473 m. Toshkent-Mirzacho'l okrugining hozirgi relefini vujudga kelishida daryolarning ishi juda katta: daryolar 3 dan 5 tagacha (Sirdaryo Mirzacho'lda 3 ta qayir, Chirchiq daryosi Toshkent yaqinida 5 ta) qayirlar hosil qilib, relefini murakkablashtirib yuborgan. Okrug, Dalvarzin cho'lining relefi asosan Sirdaryoning hamda tog'lardan oqib keladigan kichik daryolarning, soylarning va vaqtli suvlarning ishi tufayli vujudga kelgan bo'lib shag'al, qum, gillardan tuzilgan. Turkiston, Nurota, Mo'rultog' va Qurama tog'larining quyi qismiga yaqinlashgan sari yoyilma konuslardan iborat bo'lgan relef shakllari tez-tez uchraydi. Toshkent-Mirzacho'l okrugining relefidagi yana bir o'ziga xos xususiyat Sirdaryo sohillarida daryoga parallel holda yo'nalgan bo'ylama berk botiqlarning bo'lishidir. Bu botiqlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:57 ]
Arxiv ichida: doc