O'zbekistonning umumiy tabiiy - geografik tavsifi geografik o'rni, chegaralari, maydoni va umumiy tavsifi

O'zbekistonning umumiy tabiiy - geografik tavsifi geografik o'rni, chegaralari, maydoni va umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning umumiy tabiiy - geografik tavsifi geografik o'rni, chegaralari, maydoni va umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning umumiy tabiiy -geografik tavsifi geografik o'rni, chegaralari, maydoni va umumiy tavsifi Reja: O'zbekistonning geografik o'rni. O'zbekistonning maydoni va umumiy tavsifi. O'zbekistonning hududiy bo'linishi. O'zbekiston Turkistonning markaziy qismida joylashgan. Uning hududining asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida bo'lib, mo'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida o'rnashgan. O'zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqida, Orol dengizi qirg'og'ida bo'lib, 45° 31 shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi esa Termiz shahri yonida, Amudaryo qirg'og'ida bo'lib, 37° 11 shimoliy kenglikka to'g'ri keladi. Jumhuriyatimizning eng g'arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 56° 00 sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O'zbekiston bilan Qirg'iziston chegarasida, Uzgan shahri yaqinida bo'lib, 73° 10 sharqiy uzoqlikdadir. O'zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa 925 km, eng g'arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtalari orasidagi masofa esa 1400 km. O'zbekiston janubi-sharqda Tojikiston bilan, sharqda Qirg'iziston bilan, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda esa Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda O'zbekiston torgina Surxon-Sherobod vodiysida Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Bu yerda Afg'oniston bilan O'zbekiston chegarasi Amudaryo orqali o'tadi. O'zbekiston maydoni 447,4 ming kv. km bo'lib Norvegiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O'zbekiston Belhgiya, Gollandiya va Daniya kabi davlatlar-ning yer maydonlarini qo'shib hisoblasak ham ulardan 4 marta kattadir. Jumhuriyatimiz hududi Shveytsariya davlati hududidan MO marta ziyoddir. O'zbekiston geografik o'rniga ko'ra juda qulay. Chunki uning hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga serob bo'lgan yerlarni o'z ichiga oladi. O'zbekistonning ko'p qismining tekislikdan iborat bo'lishi hamda serunum vohalarning - Chirchiq-Ohangaron, Farg'ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Suxondaryo, Quyi Amudaryoning mavjudligi jumxuriyat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. O'zbekiston O'rta dengiz atrofidagi mamlakatlar bilan deyarli bir geografik kenglikda joylashgan. O'rta dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft bilan tavsiflanadi. Lekin O'zbekiston iliq okean va dengizlardan uzoqda, materik ichkarisida joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jihatidan o'rta dengiz atrofidagi davlatlardan butunlay farq qiladi. Chunki O'zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo'lib, qishda shimoldan va shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha yetib qeladi. Aksincha, janubida baland tog'larning mavjudligi esa Hind okeanidan esadigan nam va iliq havo massalarini O'zbekiston hududiga o'tishiga to'siqlik qiladi. Oqibat natijada O'zbekistonda subtropikka xos bo'lmagan landshaft vujudga kelib, yoz bulutsiz, seroftob bo'lib, jazirama issiq, quruq, qish esa shu geografik kenglik uchun ancha sovuq bo'ladi. Binobarin, O'zbekiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsada, asosan cho'lga xos bo'lgan landshaft bilan tavsiflana-di. Faqat atrofi tog'lar bilan o'ralgan Surxon-Sherobod vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos. O'zbekiston hududi janubi-sharqdan shimoli-g'arbga qarab cho'zilib o'sha tomonga qarab pasayib boradi. Jumhuriyatimiz yer usti tuzilishi jihatidan Tojikiston va Qirg'izistondan keskin farq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga