O'zbekistonning yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari

O'zbekistonning yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekistonning yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 36-mavzu: Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari O'zbekiston tabiiy xaritasini ko'zdan kechiring. Respublikamiz hududidagi asosiy tekislik, vodiy va tog'larni toping. YER YUZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O'zbekiston hududi ikki qismga bo'linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog'lardan va tog' oralig'idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g'arb va shimoli g'arbdan sharq va janubi sharq tomon ko'tarilib boradi (28- rasm). Tekisliklari. O'zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo'lib, uning g'arbi va shimoli g'arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g'arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko'tarilib turadigan yonbag'irlar bilan o'rab olingan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O'zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120-180 m atrofida bo'lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo'lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Îvdon va boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamish botig'i joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo'lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko'hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o'zanlari bilan kesilgan. Uning o'rta qismida tub tog' jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko'zga tashlanadi. Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqum cho'li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog'lar - Bo'kantov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g'arbiy qismida esa Sulton Uvays tog'i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko'tarib turibdi. Qizilqumning katta qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog'lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog'itma, Qoraxotin va boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig'ining tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o'zanlari ham uchraydi. Qizilqum cho'lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho'l, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho'llari joylashgan. Tog'lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog' tizmalarining g'arbiy va janubi-g'arbiy tarmoqlari O'zbekiston hududida joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g'arb tomon astasekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi (29- rasm). O'zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G'arbiy Tyanshanning bir qancha tog' tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog' tizmasida Manas nomli cho'qqi bo'lib, uning okean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog' tizmasining O'zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho'qqi bo'lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog' tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G'arbiy Tyanshan tog' tizmasining okean sathidan balandligi 2500-400 m bo'lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi. Farg'ona botig'ining markaziy qismi O'zbekistonda joylashgan bo'lib, g'arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg'ona, janubdan Oloy, Turkiston tog' tizmalari o'rab olgan. Turkiston tog'idan shimoli g'arbga qarab Morguzar va Chumqor tog'lari ajralib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga